fbpx
Videoretsept: kartoshkali turkcha pide

Videoretsept: kartoshkali turkcha pide

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Xamiri uchun

    • asosiga

    Yo’nalishlar

    Turkcha pideni nafaqat go’sht bilan, balki kartoshka va pishloq bilan ham tayyorlash mumkin.

    Qolaversa, o’z ta’bingiz va muzlatgichda bor narsalarga qarab asosini o’zgartirishingiz ham mumkin, albatta.

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 19 000 so’m. *

    narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

    Masalliqlar:

    Adjust Servings:
    Xamiri uchun
    250 gramm kefir
    50 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
    450 gramm un
    0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
    1,5 choy qoshiq shakar
    0,5 choy qoshiq tuz
    asosiga
    500 gramm qaynatilgan kartoshka
    20 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
    70 gramm brinza yoki pishloq
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    Qadam 1
    Tugallandi

    Xamir tayyorlaymiz. Kefirga soda, tuz va shakar solamiz. Aralashtirib, ustidan eritilgan margarinni quyamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Un solib, yumshoq xamir qoramiz. Xona haroratida 20 daqiqaga qoldiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Asosini tayyorlaymiz. Qaynatilgan kartoshkaga eritilgan margarin yoki sariyog' quyamiz. Tuz va murch sepib, yaxshilab pyure holatiga kelgunicha ezamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Pyurega mayda to'g'ralgan piyoz va qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni solamiz. Aralashtiramiz. Asosi tayyor.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Xamirni 4 ga bo'lib, 5 daqiqa tindiramiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Har bir xamir bo'lagini 0,5 mm qalinlikdagi oval shaklida yoyib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Oval shaklidagi xamirning o'rtasiga asosini qo'yib, yonlarini yig'ib, "qayiqcha" holatiga keltiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Xamirga tuxum sarig'ini surtib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Tayyor bo'lgan pidelarni issiqligida iste'mol qilgan maqul. Yoqimli ishtaha!

    Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

    Reklama huquqi asosida

    • 60 daqiqa
    • Serves 6
    • O’rtacha
    • 200 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Adjust Servings:
    Xamiri uchun
    250 gramm kefir
    50 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
    450 gramm un
    0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
    1,5 choy qoshiq shakar
    0,5 choy qoshiq tuz
    asosiga
    500 gramm qaynatilgan kartoshka
    20 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
    70 gramm brinza yoki pishloq
    ta'bga ko'ra tuz va murch
    oldingi
    Gordon Ramzidan olmali tart
    keyingi
    «Buxoro» salati
    Close
    Login

    Fikr qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.

    *
    *