Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko’katli o’ramalar

Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko’katli o’ramalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bunday pishiriq birinchi martadanoq sizning eng sevimli yeguligingizga aylanishi aniq.

Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ularni bemalol ertalabki nonushtag ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin.

Qiymasiga esa ta’bbga qarab har xil masalliqlardan solish mumkin bo’lib, masalan, qovurilgan qiyma, tuxum va ko’k piyoz, kartoshkali pyure, tovuq va qaynatilgan guruch va hokazo. Bizlar bugun pishloq va ko’katlar solishga qaror qildik. Eng asosiysi esa tayyor xamirning mavjudligida.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 23 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm tayyor qatlama xamir
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
0.5 bog' xohlagan ko'katlar
1-2 osh qoshiq sut
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
ustiga sepish uchun kunjut
ustiga surtish uchun tuxum
Qadam 1
Tugllandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ko'katlarni esa mayda qilib to'g'raymiz. Murch va quritilgan qalampir qo'shib, aralashtirib olamiz. Agarda pishloq sho'rroq bo'lsa unda tuz solish shart emas.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz va 30x30 sm kattalikda yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

5 sm qalinlikda 6 ta uzun lentalar kesib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Silikon cho'tka yordamida xamirning chetlariga ozroq sutdan surtib chiqamiz, shunda xamir chetlari yaxshi jipslashadi.

Qadam 5
Tugllandi

Pishloqli aralashmani xamir bo'laklariga uzunchoq qilib solib chiqamiz va xamirning bir tomonini ko'tarib, ikkinchi tomonini yopamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Uzunchoq xamirlarni chokini pastga qaratib, spiralsimon shaklda o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pishiriqlarni patnisga terib, ustidan tuxum surtamiz va kunjut sepamiz.

180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm tayyor qatlama xamir
200 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
0.5 bog' xohlagan ko'katlar
1-2 osh qoshiq sut
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
ustiga sepish uchun kunjut
ustiga surtish uchun tuxum
oldingi
Batafsil fotoretsept: Shaftoli-qovunli smuzi
keyingi
Maymunjonli keks

Fikringiz