Avgust 2-hafta taomnomasi

Taomlar ko’p, biz esa ularning orasidan mavsumga moslarini tanlab, siz uchun bir haftalik taomnoma tuzib qo’yganmiz.
Taomlarni taomnomaga tayanib tayyorlashga odatlanishingizni tavsiya etamiz. Shunda ancha muncha vaqtingizni tejashga erishasiz.
Dushanba
«Dangasa» tovuq oyoqchalari
Bu taomni bekorga «dangasa» deb atamaydilar, chunki kerakli masalliqlarni pishiriq idishiga solasiz bo’ldi. Taomning o’zi maromiga yetib pishadi.
Qizil boshli karam va rukkoladan salat
Seshanba
Qiymali ratatuy taomi
Sabzavotlarning g’arq pishgan mavsumida ulardan mazali va foydali taomlar tayyorlashga shoshiling. Ana shunday taomlardan biri bu ratatuy taomidir.
«Muraveynik» pishiriqlari
Chorshanba
Qarsildoq tovuq solingan pishloqli krem-sho’rva
Bunday taom nafaqat mazali, balki juda to’yimli hamdir. Shuningdek uning o’zgacha usulda tortilishi, siz va yaqinlaringizga yoqishi aniq.
Tovuq va qo’ziqorinli pirog
Payshanba
Iskandar-kabob
Taomning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u doim yogurt yoki nordon qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Bu esa go’shtning ta’mini yaqqol bildirishga yordam beradi.
Pomidor va yalpizli salat
Juma
Lavashdan tayyorlanilgan xonim
Xamirli taomlardan iste’mol qilishni istasangiz-u, lekin xamir qorishga xohishingiz bo’lmasa, unda bizning retsept asosida tayyor lavashdan xonim pishiring.
Suzma va bodringdan salat
Shanba
Qiyma bilan to’ldirilgan baqlajonlar
Sizlarga baqlajonning ichiga qiyma solib, ustidan pishloq sepishni tavsiya qilamiz. Ana shunda u bemalol asosiy taom o’rnini ham bosa oladi.
Brauniz
Yakshanba
Go’ja
Issiq kunlarda organizm yaxna taomlaru ichimliklarga muhtojlik sezadi. Bugun sizlarga O’zbekistondagi eng sevimli taomlardan biri bo’lmish go’ja retseptini taqdim qilamiz.
Tovuq va pishloqdan tayyorlanilgan turkcha somsa