fbpx
Bolalar oshxonada: Brauniz

Bolalar oshxonada: Brauniz

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Brauniz bu amerika oshxonasiga tegishli shokoladli shirinlik bo’lib, usti qattiqroq, ichi esa suflesimon yumshoq chiqadi. 

Tayyorlash jarayoni esa juda oson bo’lib, hatto bolalarning o’zlari ham buni uddalay olishadi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 24 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

150 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
150 gramm shakar
3 ta tuxum
120 gramm un
1 osh qoshiq to'la kakao
1 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugllandi

Idishga shokoladni bo'lakchalarga bo'lib, solamiz. Ustidan to'rtburchak qilib to'g'ralgan sariyog'ni ham solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Shokolad va sariyog' solingan idishni mikroto'lqinli pechga qo'yib, suyuq holatga kirguniga qadar eritamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Alohida idishga shakar, un, kakao va qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Quruq massaga tuxum solib, aralashtirib olamiz.

Silliq aralashma hosil bo'ladi.

Qadam 5
Tugllandi

Aralashmaga eritilgan shokolad-sariyog'li aralashmani solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Uzunchoq, 20x20 sm yoki 15x25 sm li qolip olib, unga sariyog' surtib chiqamiz. So'ng shu qolipga xamirni quyamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamir solingan qolipni qizdirilgan gaz pechiga solamiz va 180 C darajada 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pirogni avval sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va to'rtburchk shakllarda kesib chiqamiz.

Maslahat: pirogni bir kechaga qoldirsangiz, u yanada mazali ta'mga ega bo'ladi. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm qora shokolad
150 gramm sariyog'
150 gramm shakar
3 ta tuxum
120 gramm un
1 osh qoshiq to'la kakao
1 choy qoshiq qabartma
oldingi
Gaz pechida pishirilgan mol qovurg’alari
keyingi
“Moxito” muzqaymog’i

Fikringiz