Avgust 1-hafta taomnomasi
Ana mana deguncha avgust oyiga ham kelib qolipmiz. Kunlarning tez o’tishi, uning maroqli o’tyayotganidan dalolatdir.
Shunday maroqli kunlarda sizga keyingi hafta uchun taomnoma ro’yxatini taqdim etishga shoshilamiz. Qarshi oling.
Dushanba
Maroqandcha usulda pishirilgan tovuqli taom
Sizlarni ajoyib maroqandcha taom retsepti bilan tanishtirmoqchimiz. Bu oshxona taomlari oddiy tayyorlaniladi va shu bilan birga mazali hamdir.
Lavlagili salat
Seshanba
Fransuzcha go’shtli taom
Fransuzcha deb nomlanuvchi bu taom aslida Rossiyada o’ylab topilgan bo’lib, ammo unga mayonezli qayla solinishi sabab ham fransuzcha deb nom berishgan.
Tvorogli pirog
Chorshanba
Qiymadan tayyorlangan «qush uyasi» taomi
«Qush uyalari»ni e’tiboringizga havola etamiz. Bunday ko’rinishdagi yegulik katta-yu kichikka birdek manzur bo’lishi aniq.
«Bounty» torti
Payshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Karam va pomidirli salat
Juma
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko’rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun!
Shaftoli va malinali smuzi
Shanba
Turkcha ratatuy
Qiymali ratatuy – bu oddiy taomning to’yimli varianti bo’lib, ushbu mazali taomni qiyma ajoyib tarzda to’ldirib turadi.
«Smak» salati
Yakshanba
Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma
Juda sersuv va mayin bo’lib pishuvchi bu taom yoz faslida tayyorlash uchun ayni muddaodir.