Meva va rezavor mevalardan kekslar
Yoz – bu mevali pishiriqlarni bemalol tayyorlasa bo’ladigan yagona mavsumdir.
Shunday ekan, xech ham o’ylab ko’rmay, tezda mevali keks tayyorlashga kirishing. Bizning retseptlarimizga tayangan holda, albatta!
Olchali keks
Keks – kutilmagan mehmonlar kelib qolganda – ajoyib yechim bo’la oladi. Mayin va shirin xamir nordon olcha bilan qo’shilganda, ajoyib ta’m hosil qiladi.
Maymunjonli keks
Maymunjon qo’shib pishiriladigan keks juda nafis ta’mda chiqib, ishtahaochar ko’rinish ham kasb etadi.
Olmali oddiy keks
Bu usulda tayyorlanilgan olmali keks juda yumshoq va mayin ta’mda chiqadi. Ayniqsa undan taralgan ifor esa butun uyingizni chulg’ab oladi.
Qaymoqli pishloq va qulupnayli keks
Ushbu keksimizni qaymoqli yoki tvorogli pishloqlar bilan tayyorlashingiz, ustini esa xohishingizga qarab bezatishingiz mumki
Marta Styuartdan o’rikli keks
Bu yozning eng mazali o’rikli keksini qabul qiling! Bu keks odatdagilardan farq qilib, juda yumshoq va mazali ta’mda chiqadi.
Bir bo’lak yesangiz, keyin o’zingizni tuta olmasligingiz aniq! O’riklar tugab qolmasdan, ulardan albatta tayyorlab ko’ring.
Limonli mini kekslar
Limon solib pishiriladigan bu kekschalarga juda oddiy masalliqlar kerak bo’ladi, ammo shunga qaramasdan ular mazali va yumshoqqina bo’lib pishadi.
Gollandcha olmali keks
Olmali pishiriqlar eng sevimli va ko’p tayyorlaniladigan yeguliklardan biri hisoblanadi. Bu safar ham sizlarga olma va yong’oq solib pishiriladigan sinalgan keks retseptini taqdim etamiz.