Maymunjonli keks

Maymunjonli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Maymunjon qo’shib pishiriladigan keks juda nafis ta’mda chiqib, ishtahaochar ko’rinish ham kasb etadi.

Ham shirin, shu bilan birga limon va maymunjonning nordongina ta’mi kelib turuvchi bu keksimiz yosh-u qariga birdek manzur bo’ladi deb umid qilamiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

3 ta tuxum
170 gramm shakar
bir chimdim tuz
80 gramm sariyog'
100 millilitr o'simlik yog'i
1 qoshiq yashil limon po'sti
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 osh qoshiq limon sharbati
150 gramm maymunjon
Qadam 1
Tugllandi

Tuxumni shakar va tuz bilan birga ko'pirtirib olamiz. Mikser yordamida ularni 5 daqiqa davomida ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Sariyog'ni eritib, sovutib olamiz. Sariyog' va o'simlik yog'ini tuxumli aralashma ustidan quyib, birgalikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Limon sedrasini ham solamiz. Un bilan qabartmani elab solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Eng oxirida esa limon sharbatini solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qolipga sariyog' surtib, ozroq un sepamiz a xamirning yarmini quyamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamir ustidan maymunjonlarni terib chiqamiz va xamirning qolgan yarmini ham quyamiz.

Qadam 7
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda taxminan 45-55 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Keks sovigandan so'ng esa ustidan shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta tuxum
170 gramm shakar
bir chimdim tuz
80 gramm sariyog'
100 millilitr o'simlik yog'i
1 qoshiq yashil limon po'sti
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
1 osh qoshiq limon sharbati
150 gramm maymunjon
oldingi
Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko’katli o’ramalar
keyingi
Qo’ziqorinli befstroganov taomi

Fikringiz