Uyda tayyorlaymiz: hayit bayrami uchun eng sara pishiriqlar to’plami
Chak-chak, bo’g’irsoq, qush tili – bular hali hayit bayrami uchun pishirsa bo’ladigan pishiriqlarning hammasi emas.
Ushbu to’plamda bayram stoli uchun tayyorlash mumkin bo’lgan 7 ta sara pishiriqlar retseptini jamlaganmiz. Ko’ring, ilhomlaning va albatta tayyorlashga kirishing.
«Afg’oncha napoleon» torti
Mazali krem va korj – ideal darajadagi desert uchun ajoyib uyg’unlashuv bo’la oladi va hayit bayrami stoliga juda mos keladi.
Sutda pishirilgan bo’g’irsoqlar
Shirin va mazali bo’g’irsoqlarni Ramazon Hayit bayramida tayyorlash qadim zamonlardan berin davom etib keladigan an’ana hisoblanadi.
Chak-chak
Hayit bayrami dasturxoni chak-chaksiz bo’lmaydi albatta. Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong’oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.
Paxlava
Paxlavani hamma turlicha tayyorlaydi. Bizlar bugun sizlarga o’zimizning ishonchli va sevimli bo’lishga aylangan retseptimiz asosida pishirib ko’rsatamiz. Agar bayram dasturxoningizda paxlava bo’lmasa, unda unga nimadir yetishmayotgandek bo’lishi aniq.
Gaz pechida pishirilgan qush tili
Ushbu qush tili – yog’da qovurilib pishgan yuqori kaloriyaga ega qush tilining butkul teskarisi. Shunga qaramay u maza va qarsildoqlikda yog’da qovurilganidan qolishmaydi.
Merengali rulet
O’ylaymizki, sizni merengali ruletni tayyorlash urfga kirganidan xabaringiz bor. Uni tayyorlash naqadar osonligi ajablanarli emas, natijada esa ajoyib desert hosil bo’ladi. Ushbu merengali ruletni bayram dasturxoniga tort sifatida tortishingiz ham mumkin.
Olma va yong’oqli asosli pechenye
Olma, yong’oq va xushbo’y dolchindan tarkib topgan noodatiy ko’rinishga ega mazali pechenyeni hayit ayyomi dasturxoniga tortishingizni taklif etamiz.