Karantinda semirib ketmaslik uchun 9 ta maslahat
Karantinda o’tirib semirib ketishdan qo’rqyapsizmi? Qo’rqishning xojati yo’q, biz sizlar uchun ajoyib tavsiyalar tayyorlab qo’yganmiz.
Ushbu tavsiyalar sizga hech narsaga qaramay yaxshi ko’rinishda va yaxshi kayfiyatda bo’lishda yordam beradi. Bugun sizlarga fitnes murabbiyi va BMT ning ovqatlanish bo’yicha mutaxasislaridan tavsiyalarni taqdim etamiz.
Ozish dasturi asoschisi, fitnes treneri Skott Xorrison quyidagi maslahatlar bilan bo’lishadi.
Sport bilan shug’ullaning
Sport zallari yopildimi? Hechqisi yo’q, siz uyda ham shug’ullanishingiz mumkin. Agar uyingizda maxsus toshlar bo’lmasa, suv to’ldirilgan butilkalar bilan shug’ullanishingiz, yoki bo’lmasam o’z vazningiz bilan ishlashingiz mumkin. Qolaversa internetdan uyda shug’ullanish uchun turli xil dasturlarni topishingiz ham mumkin. Eng asosiysi dangasa bo’lmang.
Taomni o’zingiz tayyorlang
Hozirda ko’plab kafe va restoranlar taomni uyga yetkazib berish xizmatini tashkil etishgan va bu juda ajoyib. Bunday xizmatdan taom tayyorlashga umuman hoxushingiz yo’qligida, faqatgina o’zingizni xursand qilish uchungina foydalaning. Va bunday hollar kamdan-kam uchrashini nazorat qiling. Boshqa paytlarda esa uyda o’zingiz taom tayyorlang. Foydali taomlardan tayyorlang. Agar har kuni taomga urunishni istamasangiz, unda sizga uyda tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar yordam beradi.
Taom iste’mol qilishni kanda qilmang
Skott bir kunda 6 maxal ovqatlanishni tavsiya qiladi: 3 marta asosiy ovqatlanish va 3 marta ovqatdan keyingi tanovvul. Tushlik yoki kechki ovqatni yemasam, ozaman deb o’ylamang. Kam-kamdan tez-tez tanovvul qiling. Ovqatdan keyingi tanovvulga sabzavot, meva, quritilgan meva toki yong’oqlardan iste’mol qiling.
Suv iching
Uyda o’tiraverib, suv ichish kerakligini yodimizdan chiqarib qo’yamiz. Agar siz uydan turib ishlayotgan bo’lsangiz, unda suvni ikki baravar ko’proq ichishingiz kerak. Suvsizlik miya faoliyatini sekinlashtiradi. Ko’proq vaqtingizni o’tkazadigan joyingizga butilkada suv qo’yib qo’ying va uni ichib turishni unutmang. Shishishlar bo’lmasligi uchun mashqlar qilib turing.
Vaznni unuting
Fitnes murabbiyi – vazningiz haqida unuting, vazn ketkazish haqida bosh ham qotirmag deb maslahat beradi. Aks holda bir necha ortiqcha grammlarni ko’rib, hafsalangiz pir bo’ladi va stress darajasi oshadi. Hozir shundoq ham hamma bezovta, ortiqcha tashvishlarning keragi yo’q.
Energiya uchun taom
Energiya bilan to’yintiradigan mahsulotlar – bu guruch, makaron, sabzavotlar va non. Bizning retseptlarimizdan foydalanishingizni tavsiya qilamiz:
- Yeryong’oqli pasta va banandan tayyorlaniladigan nonushta
- Tovuq va brokkoli bilan pishirilgan pasta
- Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non
- Iste’mol sodasi bilan pishirilgan non
O’sish uchun taom
Ushbu masalliqlar bolalar va kasallikdan keyin tuzalayotganlar uchun foydali. Bu go’sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari. Ushbu ro’yxatga konservalangan tunets balig’i, yasmiq va boshqa dukkakli ekinlarni qo’shishingiz mumkin. Biz retseptlar bilan o’rtoqlashamiz!
Yorqin taomlar
Organizimni himoya qilib, uni vitamin va antioksidantlarga to’yintiradi. Ushbu turli xil rangdagi sabzavot va mevalar sizning har kunlik ratsioningizda bo’lishi kerak.
- Yashil rangdagi: brokkoli, ismaloq, karam, bodring, no’xat, yashil loviya, yashil qalampir, yashil olma, kivi, avakado.
- Olov rang va sariq: sabzi, qovoq, makkajo’xori, sariq bulg’or qalampiri, sariq olma, apelsin va greyfurt, ananas (hatto konservalangan).
- Qizil: qizil karam, pomidor, rediska, lavlagi, qulupnay, qizil olma, anor.
- Moviy va binafsha rang: baqlajon, o’rik, xurmo, mayiz.
Mashqlar
Skott Xarrison singari, ovqatlanish bo’yicha mutaxassislar uyda mashqlar qilishni maslahat berishadi. Jismoniy mashqlar kattalar uchun kamida 30 daqiqa, bolalar uchun bir soat vaqt olishi kerak. Agar siz uyda yugurish imkoniyatiga ega bo’lsangiz, unda yugurib chiqing. Agar yo’q bo’lsa, onlayn mashg’ulotlarni toping, raqsga tushing, yoga bilan shug’ullaning yoki zinapoyadan yuqoriga va pastga tushib chiqing.
Va, albatta, yog’li, juda shirin yoki juda tuzli ovqatlardan saqlaning: bunday taomlar nosog’lom sanaladi, endi siz undan butunlay voz kechishga harakat qilib ko’ring.
Sog’lom bo’ling va yaxshi kayfiyatni saqlang – shunda barchasi a’lo bo’ladi.