fbpx
Videoretsept: Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non

Videoretsept: Zig’ir urug’lari solib pishirilgan non

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yaqindagina bizlar zig’ir urug’i solib, non pishirib ko’rdik va natijasi kutganimizdan ham a’lo bo’ldi! Yumshoq, mazali va juda xushbo’y bu nondan endilikda siz ham tayyorlab, yaqinlaringizni xursand qilish imkoniyatiga egasiz.

Batafsil tanishib olish uchun esa videoretseptimizni tomosha qilishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 9 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 millilitr iliq suv
10 gramm quruq xamirturush
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
120 gramm javdar uni
230 gramm bug'doy uni
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq oq kunjut
1 choy qoshiq qora kunjut
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari
ustiga surtish uchun sut
ustiga sepish uchun zig'ir urug'lari, kunjut va tmin
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga barcha quruq masalliqlarni solamiz - 2 xil un, tuz, shakar, xamirturush, zig'ir urug'i va kunjut.

Yaxshilab aralashtiriib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Iliq suv va eritilgan yog'ni quyamiz.

Yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Toza tog'orachani yog'lab, ichiga xamirni qo'yamiz va ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz. Iliq joyga 1 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Oshgan xamirni bir mushtlab olamiz va baton shakliga keltiramiz. Pergamnet qog'oz to'shalgan pech patnisiga olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, yana 30-40 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

30 daqiqadan so'ng non ustiga sutdan surtamiz, zig'ir urug'lari va kunjutdan sepamiz. 190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan nonni pech panjarasiga qo'yib, sovutib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 millilitr iliq suv
10 gramm quruq xamirturush
60 gramm Maselko "Derevenskoe" o'simlik-sariyog'li yog'i
120 gramm javdar uni
230 gramm bug'doy uni
1 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq oq kunjut
1 choy qoshiq qora kunjut
1 osh qoshiq zig'ir urug'chalari
ustiga surtish uchun sut
ustiga sepish uchun zig'ir urug'lari, kunjut va tmin
oldingi
Tovuq yurakchasi bilan tayyorlangan bulgur
keyingi
Tovuq va kartoshkali pirog (kurnik)

Fikringiz