Fevral 2-hafta taomnomasi
Quyoshli hafta tugab, oldinda bizni sovuq va yog’ingarchiliklarga boy hafta kutmoqda. Ob-xavoning bunday tezkor o’zgarishi taomnomamizga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Kelayotgan hafta uchun sizga issiq va to’yimli taomlar ro’yxatini taqdim etamiz.
Dushanba
Sabzavotli tovuq sho’rva
Sovuq qishda, issiqina ovqatlar, ayniqsa sho’rvalar kimga ham yoqmaydi deysiz.
Bizning bugungi tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi.
“Smak” salati
Seshanba
Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom
Hildirab pishgan mana bunday ko’rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko’tarishi aniq!
Tvorog va yogurt bilan pishirilgan bananlar
Chorshanba
“Dangasa” do’lmalar
Do’lma tugishni xush ko’rmaydiganlar yoki erinadigan ayollarimiz uchun juda ajoyib do’lma retsepti!
“Mujskoy kapriz” salati
Payshanba
Mastava
O’zimizning milliy oshxonamiz taomlarga boy va ularning bari rang-barangdir. U yerda tobida pishgan mastava alohiida o’rin egallaydi.
Tayyor xamirdan tayyorlangan “Plyushka”lar
Juma
Qatlama xamir ichida pishirilgan tovuq oyoqchalari
Qatlama xamir ichiga yashiringan tovuq oyoqchalaridan bunday taom juda tez va oson tayyorlaniladi. Ta’miga esa o’zingiz ham pishirib, so’ng amin bo’lishingiz mumkin.
Baqlajon va brinzali iliq salat
Shanba
Pomidor va pishloqli kotletlar
Ushbu taom juda mazali va to’yimli bo’lib, uni istagan garnir bilan dasturxonga tortsa bo’ladi.
Videoretsept: Shokoladli pechenyе “Brauni”
Yakshanba
Go’sht Say
Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo’lib, buning uchun bizga — qozon, go’sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo’ladi.
“Sezar” salati
Yoqimli ishtaha!