Noyabr: 4-hafta taomnomasi
Bir haftaga mo’ljallanilgan taomlar va har xil pishiriqlar jamlanmasidan iborat haftalik taomnoma ro’yxati bilan tanishib oling.
Taomnonama ro’yxatimizdagi taomlarni keraklisini tanlab, bozorlikni oldindan qilib qo’ying va hafta mobaynida xotirjam, reja asosida ish tuting. Qarabsizki, ishingiz ancha oson kechadi.
Dushanba
Qovoqli manti va rediska solingan kartoshkali iliq salat
Qovoqlarning ayni mavsumida ulardan tayyorlangan, yumshoqina, og’izda erib ketuvchi mantilarga nima deysiz?! Bunday taom juda to’yimli bo’lib, tayyorlash jarayoni ham unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Seshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva, limonli pechenyelar
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi. Shirinlikka esa limonli pechenyelardan tayyorlab oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya, kapreze salati va «Jezerye» turkcha shirinligi
Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda toʻyimli va foydali taom ham hisoblanadi. Undan bir necha haftada bir marta bo’lsa ham tayyorlash kerak.
Payshanba
Meksikancha sho’rva, Turkcha “go’zleme” pishirig’i va nemischa salat
Chili kon karne – bu meksikancha to’yimli sho’rva sovuq mavsumlarda o’zining qizdiruvchi xususiyati bilan ham ko’pchilikka yoqadi.
Juma
“Xarcho” sho’rvasi va fransuzcha salat
Xushbo’y, to’yimli va hil-hil qaynab pishgan “xarcho” sho’rvasi tushlik va kechki taom uchun ajoyib yegulik bo’lishiga shubha yo’q. Ayniqsa, hozirgi sovuq kunlarida bunday sho’rvalar huzur bag’ishlaydi.
Shanba
Go’shtli rulet, “Koul Slou” salati
Go’sht va qaynatilgan tuxumdan tayyorlaniladigan ruletdan pishirib ko’rmaganlar shoshiling. Juda to’yimli va mazali bunday ovqatdan so’ng, ancha vaqtgacha to’q yurishingiz aniq.
Yakshanba
O’rama xonim, tovuq va qovoqchadan salat
Yupqa xamir va ichi to’la asosli o’rama xonimlardan yakshanba kuni tayyorlang va butun oila a’zolaringizni mamnun eting!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!