«Xarcho» sho’rvasi

«Xarcho» sho’rvasi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xushbo’y, to’yimli va hil-hil qaynab pishgan «xarcho» sho’rvasi tushlik va kechki taom uchun ajoyib yegulik bo’lishiga shubha yo’q. 

Ayniqsa, kuzning salqin qoshomlarida bunday sho’rvalar huzur bag’ishlaydi.

Bugun sizlarga bunday sho’rva tayyorlashning sir-sinoatlarini ochib beramiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 27 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
2,5 litr suv
150 gramm piyoz
3-4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq adjika
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
4 osh qoshiq maydalangan yong'oq
2 dona lavr yaprog'i
1 ta pomidor
2 osh qoshiq pomidor pastasi
150 gramm yumaloq donli guruch
ta'bga qarab tuz
1 bog' kashnich
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Qozonga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Go'shtni o'rtacha bo'laklarga bo'lib, qozonga solamiz va sal qizartirib qovuramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ustidan mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni solamiz va birga qovuramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Pomidorni qirg'ichdan chiqarib qozonga solamiz, ustidan esa pomidor pastasini yuboramiz, yaxshilab aralashtirib, bir necha daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Endi adjika, xmeli-suneli va maydalangan yong'oqni solamiz va taxminan 3 daqiqacha qovuramiz. Ustidan 2,5 litr suvni solib, qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qaynash boshlangandan so'ng, ustidagi ko'pigini olib tashlab, lavr yaproqchalarini solamiz va past olovda 40-50 daqiqa davomida pishiramiz.

Taxminan 30 daqiqa qaynagandan so'ng tuz sepamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Go'shti yumshab pishganidan so'ng, guruchni yuvamiz va ovqatga solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng yana 3-5 daqiqacha qaynatamiz va olovni o'chirib, qopqog'ini yopib qo'yamiz. 10-15 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

So'ng sho'rvani dasturxonaga tortishdan avval to'g'ralgan kashnich bilan, achchiqroq ta'mni xush ko'ruvchilar esa 1 choy qoshiqdan adjikadan solishlari mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 80 daqiqa
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
2,5 litr suv
150 gramm piyoz
3-4 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq adjika
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
4 osh qoshiq maydalangan yong'oq
2 dona lavr yaprog'i
1 ta pomidor
2 osh qoshiq pomidor pastasi
150 gramm yumaloq donli guruch
ta'bga qarab tuz
1 bog' kashnich
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Bodom va kardamon solib pishirilgan olmali maffinlar
keyingi
Uyda tayyorlaniladigan qatlamali somsa

Fikringiz