Navro’z bayrami: dasturxonga nimalar tayyorlash mumkin
Navro’z eng ulug’ milliy bayramlarimizdan biri bo’lib, odatda bu bayramni oila davrasida, qarindosh, qo’ni-qo’shnilar bilan birga nishonlaymiz.
Albatta bunday bayram to’kin dasturxon va noz-ne’matlarsiz o’tmasligi aniq. Bayramda nimalar pishirishga boshingiz qotgan bo’lsa, unda retseptlar jamlanmamizga e’tibor qarating.
Ko’k somsa
Bunday somsaning asosi mayin, xuddi og’izda eriydigandek chiqsa, xamiri qarsildoq bo’lib pishadi.
Chak-chak
Chak-chak ko’p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik!
Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong’oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin.
Uyda pishirilgan patirchalar
Sariyog’ bilan qorishtirilgan, mazali va mayin ta’mli issiqqina patirlar kimga ham yoqmaydi deysiz. Agarda siz avval bunday non mahsulotlaridan pishirib ko’rmagan bo’lsangiz, unda hozir ayni fursati!
Xolvaytar
Xolvaytar bu sevimli shirinliklarimizdan biri bo’lib, milli bayramlarimizni nishonlayotganda albatta bu shirinlik dasturxonimizning to’ridan o’rin egallaydi.
Piyozli qatlamalar
Piyozli qatlama bu ham non, ham pishiriq o’rniga iste’mol qilsa bo’ladigan juda mazali va to’yimli yegulik hisoblanadi.
Piyozli qatlama haqiqatdan ham oson tayyorlanilishini videoretseptimizni ko’rib, o’zingiz ishonch hosil qiling.
Ko’katli to’rtburchaklar (bichak)
Bu pishiriq asosan Samarqand viloyatida keng tarqalgan bo’lib, oddiy osh xamirdan tayyorlaniladi. Somsalardan farqliroq, bunda xamir oddiy oshxamir bo’lib, yog’ surtilmaydi.
Paxlava
Ko’pchiligimizning sevimli shirinligimiz sanalmish paxlava pishirig’ini tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin ish emas. Faqatgina bizning ko’rsatmalarga amal qilsangiz bo’lgani.
Paxlavani hamma turlicha tayyorlaydi. Bizlar bugun sizlarga o’zimizning ishonchli va sevimli bo’lishga aylangan retseptimiz asosida pishirib ko’rsatamiz.
Bo’g’irsoq
Albatta Navro’zni ham bo’g’irsoqlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bizning xalq odatda bayram kuni oldin qo’shnilar, tanish-bilishlarni bo’g’irsoqlar va palov bilan siylaydi. Bizning batafsil retseptimiz asosida bo’g’irsoqlarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Qush tili
Bayram dasturxonlari to’rini egallaydigan yana bir yegulik bo’lib, u albatta qush tilidir. Bu og’izda erib ketuvchi pishiriqni tayyorlash juda ham oson, ko’pi bilan yarim soat vaqt sarflaniladi. Ammo u ko’ngildagidek chiqishi uchun esa bir nechta ko’rsatmalarga amal qilish kerak bo’ladi.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!
Kirib kelayotgan bayramingiz qutlug’ bo’lsin!