• Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Videoretsept: Uyda tayyorlangan qatlama xamirdan pishirilgan ko’k somsa
Videoretsept: Uyda tayyorlangan qatlama xamirdan pishirilgan ko’k somsa

Videoretsept: Uyda tayyorlangan qatlama xamirdan pishirilgan ko’k somsa

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Ko’klam kelishi bilan hamma ko’k somsa-yu ko’k chuchvaralardan pishirishga bel bog’lashadi. Bu safar esa sizlarga antiqa usulda yoyiladigan somsa xamiri retseptini taqdim etamiz.

Bunday somsaning asosi mayin, xuddi og’izda eriydigandek chiqsa, xamiri qarsildoq bo’lib pishadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 24 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
800 gramm un
250-300 millilitr iliq suv
2 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
Asosiga:
200 gramm dumba yog'i
2-3 bog' ismaloq
2 bog' jag'-jag'
2 bog' mator ko'kati
3-4 ta piyoz
1-2 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut+tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugllandi

Iliq suvga tuzni solib, aralashtirib olamiz.

Idishga un, tuzli suv solamiz va xamir qoramiz.

Xamirni yaxshilab mushtlaymiz va ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni yoyish qulay kechishi uchun uchta teng bo'lakka bo'lamiz.

Ustidan ozroq o'simlik yog'i surtib, ustini yelim xalta bilan yopamiz va 30 daqiqaga xona haroratida tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Uzun o'qlov yordamida xamirlarning birini yupqa, taxminan 1-2 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Yopishib qolmasligi uchun har zamon oz-ozdan un sepamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Margarinni mikroto'lqinli pechda yoki suv bug'ida eritib olamiz.

Yoyilgan xamirga margarindan surtib, xamirni o'qlovning o'ziga o'rab chiqamiz. Qolgan xamirlarni ham xuddi shunday holatda, ustma-ust o'rab chiqamiz.

O'qlovga o'ralgan xamirni 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

O'tkir pichoq yordamida xamirni uzunasiga kesib olamiz va o'qlovdan ajratamiz.

Ksilgan uzun xamirni teng buklab olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirdan bir xil kattalikdagi zuvalachalar kesib chiqamiz va ularni 3-4 mm qalinlikda yoyib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagiga 1-2 osh qoshiqdan asosdan solib chiqamiz. Qarama-qarshi tomonlarini bir-biriga yopishtirib, to'rtburchak shaklda tugamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramib chiqamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Somsalarning ustidan tuxum sarig'i surtib, sedana sepib bezatamiz.

Qadam 10
Tugllandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechining konveksiya rejimida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @artel_official

Artel kompaniyasining rasmiy sahifasi

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
800 gramm un
250-300 millilitr iliq suv
2 choy qoshiq tuz
20 millilitr o'simlik yog'i
400 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
Asosiga:
200 gramm dumba yog'i
2-3 bog' ismaloq
2 bog' jag'-jag'
2 bog' mator ko'kati
3-4 ta piyoz
1-2 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut+tuxum sarig'i
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Xolvaytar
keyingi
Shokoladli xamirda pishirilgan tvorogli pirog

Fikringiz