Fevral: 1-hafta taomnomasi
Vaqtingizni tejab, bir haftalik taomnomani oldindan tuzib qo’yishga nima deysiz? Unday bo’lsa biz tuzib qo’ygan taomnomadan foydalanishingiz mumkin.
Dushanba
Qo’ziqorinli befstroganov taomi
Tez va oson tayyorlaniladigan taom retseptini qidiriyapsizmi? Unday bo’lsa qo’ziqorin solib pishiriladigan befstroganov taomi aynan siz uchun! Bunday yegulik tayyorlashda unchalik ko’p masalliqlar talab etilmaydi.
Seshanba
“Xarcho” sho’rvasi
Xushbo’y, to’yimli va hil-hil qaynab pishgan “xarcho” sho’rvasi tushlik va kechki taom uchun ajoyib yegulik bo’lishiga shubha yo’q.
Chorshanba
Videoretsept: kabob-somsa
Oddiy somsa bilan mehmonlarni hayratlantirish qiyin, shuning uchun biz sizga go’shtli, tayoqchalarga tiqib pishirilgan – kabob somsa pishirishingizni tavsiya qilamiz.
Payshanba
Frikadelka va qovoqchali lapshadan tayyorlangan yengil shoʻrva
Bunday yengil sho’rva tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt kifoya qiladi. Unga solinadigan qovoqcha esa taomning yanada mayinroq chiqishini ta’minlaydi.
Juma
Sendvich-toblatma
Qarsildoq non va erigan pishloq birgalikda ajoyib uyg’unlikni tashkil qilib, yosh-u qariga birdek yoqishi aniq.
Shanba
Videoretsept: Ko’za sho’rva
Ko’za sho’rva eng mazali, tobida qaynab pishgan taomlardan biridir. Ko’zachalarda pishirilgan sho’rva ta’mi oddiy qozonda pishirilganidan keskin farq qiladi.
Yakshanba
KFC ta’mli tovuq qanotchalari
Usti qarsildoq, ichi esa juda mayin va sersuv tovuq qanotchalarini mana bunday usulda pishirib ko’ring.