fbpx
Batafsil fotoretsept: Shokoladli glazur bilan qoplangan sirniklar

Batafsil fotoretsept: Shokoladli glazur bilan qoplangan sirniklar

Masalliqlar:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Shokoladli glazur bilan qoplangan sirniklar – nonushta uchun eng mazali va shu bilan birga foydali yegulik hisoblanadi.

Ularni pishirgandan keyin 6-8 soat sovutgichda saqlash juda muhimdir.

Sirnik uchun iloji boricha yog’li va silliq ko’rinishga ega tvorogdan xarid qilish lozim.

Masalliqlar:

700-800 gramm "Prostokvashino" tvorogi
5 ta tuxum
180 gramm shakar
120 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta limon po'sti
40 millilitr 15-20 % li smetana
70 gramm mayiz
20 gramm bug'doy yormasi
20 gramm makkajo'xori kraxmali
Glazuriga:
120 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
30 millilitr sut
Qadam 1
Tugllandi

Barcha kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tog'orachaga tvorog, limon po'sti va shakarni solib, silliq holatga kirgunicha ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng esa, bug'doy yormasi(mannaya krupa), vanilin va kraxmalni solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Shuningdek oz-ozdan yumshagan sariyog'ni solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tuxumni bittadan solib, har birini solgandan so'ng esa yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Smetanani solamiz. Eng oxirida esa mayizni solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Aylanasi 18 sm li qolipga sariyog'dan surtamiz va masani unga quyamiz.

Gaz pechini 160 C darajaga qizdiramiz.

Pechga qo'yib, 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pishgan sirniklarni xona haroratida (2-3 soat davomida) soovutib olamiz, so'ng esa glazur bilan qoplaymiz.

Qadam 9
Tugllandi

Glazurni tayyorlab olamiz

Idishga shokolad, sariyog' va sutni solib, suv bug'iga qo'yamiz va silliq holatga kirgunicha aralashtirib, eritib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Sirniklarni ustidan glazurni quyamiz va sovutgichga, kamida 6 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Tayyor yegulikni kesib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifa: @prostokvasino_uzbekistan

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

700-800 gramm "Prostokvashino" tvorogi
5 ta tuxum
180 gramm shakar
120 gramm yumshatilgan sariyog'
1 ta limon po'sti
40 millilitr 15-20 % li smetana
70 gramm mayiz
20 gramm bug'doy yormasi
20 gramm makkajo'xori kraxmali
Glazuriga:
120 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
30 millilitr sut
oldingi
Videoretsept: Qatlama
keyingi
Qahvali krem solingan Pari-Brest

Fikringiz