Qo’ziqorinli befstroganov taomi

Qo’ziqorinli befstroganov taomi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tez va oson tayyorlaniladigan taom retseptini qidiriyapsizmi? Unday bo’lsa qo’ziqorin solib pishiriladigan befstroganov taomi aynan siz uchun! Bunday yegulik tayyorlashda unchalik ko’p masalliqlar talab etilmaydi.

Mayin qaylada pishgan go’sht va qo’ziqorin birgalikda o’zgacha bir ta’mni hosil qiladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 38 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti n
1 bosh piyoz
200 gramm shampinyon
2 osh qoshiq un
3 osh qoshiq smetana
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 stakan suv
Qadam 1
Tugllandi

Go'shtni yupqa qilib to'g'rab olamiz va 5 daqiqa davomida baland olovda qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Go'sht ustidan un sepamiz va aralashtirib, gazdan olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Shampinyonlar va piyozni mayda to'g'rab olamiz. Avval piyozni qovurib olamiz, so'ng qo'ziqorinlarni solib, birgalikda 5-7 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Sabzavotlarning ustidan qovurilgan go'shtni solamiz. Ustidan smetanani solib, aralashtirib olamiz. Ta'bga qara tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Qaynoq suvni quyamiz va qopqog'ini yopamiz. 30 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Taomni sevimli garnirlardan biri bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti n
1 bosh piyoz
200 gramm shampinyon
2 osh qoshiq un
3 osh qoshiq smetana
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
2 stakan suv
oldingi
Maymunjonli keks
keyingi
Bananli quymoqchalar

Fikringiz