Taomnomaga xilma-xillik kiritishga yordam beradigan yarim tayyor mahsulotlar tayyorlaymiz.
Uyda o’tirganda ham, har doim ham kun bo’yi gazning tepasida turib, taom tayyorlashni unchalik hamxush ko’rmaymiz. Albatta, katta qozonda uch kunga yetadigan sho’rva pishirib qo’ysa ham bo’ladi, ammo biz bu variant ham ko’nglimizga o’tirmaydi.
Oilangizni qanday qilib mazali va xilma-xil taomlar bilan mehmon qilib va eng asosiysi buning uchun ko’p vaqt sarflamaslikni bilasizmi?
Buning oddiy yo’li bor – vaqtni tejab uy sharoitida yarim tayyor taomlar tayyorlab qo’yish kerak. Har xil ovqatlarni oldindan tayyorlab va muzlatib qo’ysangiz, natijada siz faqat mahsulotni muzlatgichdan kerakli vaqtda olib qo’yib, yoqtirgan taomingizni osonlik bilan tayyorlaysiz
1. Sirniklar
Sirniklar muzlatishga juda yaxshi toqat qiladi, buning uchun odatdagidek pishirib, paketga o’ralgan taxtakach ustiga terib, muzlatgichda 3-4 soat davomida muzlatib qo’ying. Keyin muzlatilgan sirniklarni konteyner yoki boshqa idishga joylang. Idish ustiga muzlatilgan kun va oyni yozib qo’yishni unutmang.
Sirniklarni muzlatgichda 2 oygacha saqlash mumkin.
2. Vareniklar, chuchvaralar, dangasa vareniklar
Ushbu toifadagi taomlar, agar tezda dasturxon tuzab katta va kichiklarni to’ydirish kerak bo’lsa juda as qotadi.
Xozir hamma uyda payti butun oila bilan o’tirib, chuchvara yoki vareniklar tugsa bo’ladi. Ularni un sepilgan taxtakachga bir-biriga yopishtirmay qo’yib, muzlatgichga 3 soatga yuboramiz. So’ngra portsiyalarga bo’lib, paketlarga joylaymiz va hohlagan payt olib ulardan taom tayyorlashimiz mumkin.
Bunday yarim tayyor mahsulotlarni 3 oydan 4 oygacha muzlatgichda saqlash mumkin.
3. Teftellar, frikadelkalar, kotletlar
Barchamiz tez-tez qanday taom tayyorlash haqida bosh qotiramiz. Ana shunday hollarda muzlatgichda teftellar, kotletlar va frikadelkalar borlgini yodda tutish muhim.
Bunday yarim tayyor mahsulotlarni muzlatgichdan oliboq taom tayyorlshda ishlatishingiz mumkin.
4. Tovuq yoki mol go’shtidan bulyon
Buning uchun katta idishda bulyon pishirib, uni bir necha qisimlarga bo’lib muzlatib qo’yish kerak. Muzlatish uchun plastik konteynerlar to’g’ri keladi. Idish ustiga qanday bulyon ekanligi va sanasini yozishni unutmang. Taom tayyorlashga kelganda bulyonni olib, ichiga sabzavotlar yoki donlar solib pishirasiz. Ta’mi yangi pishirilgan bulyondan hech ham farq qilmaydi.
Konteynerda muzlatish uchun maslahat: Idishni tag qismini yopishqoq plyonka bilan qoplab, yonlarida plyonkani uzun qilib qoldirasiz. Bulyon muzlaganidan so’ng, plyonkani ikki tarafidan tortsangiz muzlagan bulyon idishdan ko’chadi. So’ngra uni shu plyonkaga o’rab muzlatgichga qo’ysangiz, ancha joyni tejab qolgan bo’lasiz.
5. Suyuq va quyuq taomlar uchun sabzavotli aralashma
Bundan tashqari, ba’zi sho’rvalar va asosiy ovqatlarga qisman tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin. Sabzavotlarni kerakli o’lchamda kesib oling, ularni paket yoki konteyner idishlarga soling, sanani yozib qo’ying va muzlatib qo’ying. Quyidagi maqolada biz sabzavotlarni muzlatish uchun barcha qoidalarni bayon qilamiz.
6. Tayyor pishiriqlar, quymoqlar
Har xil kekslar, maffinlar, biskvit va nonlar muzlatishga mukammal darajada toqat qiladi. Har birini bo’laklarga bo’lib, plyonkaga o’rab, muzlatgichga qo’yish kerak.
Maffinlarni mikroto’lqinli pechdan eritishingiz mumkin, lekin nonni ertalab olib qo’ysangiz u xona haroratida tushlikgacha eriydi.
Quymoqlarni tayyor go’shtli asosi bilan muzlatib, so’ngra qopqog’i yopiq tovada ikki taraflama qizdirib, olishingiz mumkin.
Eritilgandan so’ng mahsulot o’z xususiyati, ta’mi va hidini yo’qotmaydi. Faqatgina usti qarsildoq bo’lmaydi.
Endi siz qanday qilib taomnomangizni mazali va xilma-xil taomlar boyitib, vaqtni tejab uy sharoitida yarim tayyor taomlar tayyorlab qo’yish kerak ekanligini bilasiz.