14-fevral uchun taomlar ro’yxati
14-fevral yaqinlashmoqda. Siz sevishganlar kuni uchun nima pishirishni o’ylab qo’ydingizmi? Biz sizga eng sevimli bayram uchun eng qiziqarli taomlar ro’yxatini taqdim etamiz. Ushbu taomlar sevgan insoningizni xursand qilishiga aminmiz.
“Yurakcha” torti
Yurakcha shaklidagi tortni ikki kishilik kechki ovqat uchun shirinlik sifatida pishirishingiz mumkin.Ushbu tort yaqin insoningizga o’z tuyg’ularingizni izhor etishingizda yordam beradi.
“Yurakcha” pechenyelari
Bu pechenyelarni erta tongda sevgan insoningiz uchun qahva yoki choy bilan berishingiz mumkin. Agar sevgan insoningiz bayram haqida unutib qo’ygan bo’lsa,ushbu yurakcha shaklidagi pechenyelar unga yaxshi ishora bo’la oladi.
Kutilmagan sovg’ali keks
Ushbu keks o’z his-tuyg’ularini so’z bilan ifoda etishdan qo’rqadigan yoki uyatchan bo’lgan insonlar uchun juda mos keladi. Agar siz ham ushbu toifadagi odamlardan bo’lsangiz, unda shunchaki keksni tayyorlang. Keks ichida yashiringan qizil yurak sizning yaqin insoningizga bo’lgan sevgingizni va g’amxo’rligingizni ifoda eta oladi.
Videoretsept: “bashorat qiluvchi” pechenyelar
Ushbu sehirli pechenyelarni tayyorlaganingizda, ichiga bashorat qiluvchi qog’oz o’rniga har xil maqtovlar yoki sevgi izhorini yozishingiz mumkin. Bunday pechenyelar bilan yoqtirgan insoningizni hayratda qoldirishingiz aniq.
Batafsil fotoretsept: krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyklar
Agar sevgan insoningiz shokoladni yoqtirsa, unda unga krem bilan bezatilgan shokoladli kapkeyklar pishirib bering.
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom
Biz sizga ikki kishilik kechki ovqat uchun ajoyib taomni tavsiya qilamiz. Ushbu tovuq go’shtili taomni tayyorlashda bi-biri uchun yaratilgan masalliqlar solinadi. Bu esa taomni yanada mazaliroq qiladi.
Fransuzcha go’shtli taom
Agar kechki ovqat uchun onson tayyorlanadigan, lekin noodatiy taom tayyorlamoqchi bo’lsangiz, unda fransuzcha go’shtli taomga e’tiboringizni qarating.
Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet
Agar kechki bayram dasturxonini oila a’zolaringiz bilan birga baxam ko’rmoqchi bo’lsangiz, unda biz sizga quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet pishirishingizni maslahat beramiz.
Videoretsept: Sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq
Baliqni xush ko’ruvchilar uchun bizda maxsus taom mavjud – sabzavotlar bilan folgada pishirilgan baliq. Sizni ishontirib aytamizki, baliqni xush ko’ruvchilar ushbu taomni yuqori baholashadi.
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
Agar sevgan insoningiz romantik bo’lsa, unda kechki ovqatga albatta pasta tayyorlang! Biz sizga bunda yordam beramiz. Marhamat – pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta.