Kutilmagan sovg’ali keks

Kutilmagan sovg’ali keks

Masalliqlar:

  • Pushti rangli keksga:

  • Och rangli keks uchun:

  • Glazuriga:

Yo’nalishlar

Nima uchun har zamon turmush o’rtog’imizga sevgi izhor qilmasligimiz kerak? Agarda aytishga uyalsak, unda buni pishirgan yeguligimizning o’zida ifodalashimiz ham mumkin.

Oppoq glazur bilan qoplangan keks ichidan yurakchalarning joy egallashi albatta yaqinlarimizni xursand qiladi.

Buning uchun ikkita deyarli bir xil keksdan pishirish kerak bo’ladi xolos.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Pushti rangli keksga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
4 ta tuxum
275 gramm un
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1.5 choy qoshiq qabartma
oziq-ovqat bo'yog'i
Och rangli keks uchun:
200 gramm margarin yoki sariyog'
4 ta tuxum
275 gramm un
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1.5 choy qoshiq qabartma
Glazuriga:
1 ta tuxum oqi
1 choy qoshiq limon sharbati
50 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugllandi

Pushti rangli keksni pishirib olamiz

Xona haroratida yumshagan margarin yoki sariyog'ni mikserda 1-2 daqiqa yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Shakar va vanil shakarini solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuxumni bittadan solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Oxirida un bilan qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Oziq-ovqat bo'yog'idan solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirni pergament qog'oz to'shalgan keks qolipiga quyamiz va 180 C darajada 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Tayyor keksni sovutib, qolipidan ajratib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Keksni bo'laklarga bo'lamiz va yurakchasimon kichik qolipcha yordamida yoki boshqa shaklli qolipchada kerakli shakllarni kesib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Och rangli keksni pishirib olamiz

Xona haroratida yumshagan margarin yoki sariyog'ni mikserda 1-2 daqiqa yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Shakar va vanil shakarini solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Tuxumni bittadan solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugllandi

Oxirida un bilan qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Xamirni pergament qog'oz to'shalgan keks qolipiga 1/4 qismini quyamiz, kesilb olgan yurakchalarimizni ustidan terib chiqamiz.

Qadam 12
Tugllandi

Qolgan xamirni ustidan quyamiz va 180 C darajada 50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan keksni sovutib, qolipidan ajratib olamiz.

Qadam 13
Tugllandi

Glazurni tayyorlab olamiz

Tuxum oqi, shakar upasi va limon sharbatini bitta idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Keks ustiga glazur surtib, xohishga qarab bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 2 soat
  • Serves 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
Pushti rangli keksga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
4 ta tuxum
275 gramm un
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1.5 choy qoshiq qabartma
oziq-ovqat bo'yog'i
Och rangli keks uchun:
200 gramm margarin yoki sariyog'
4 ta tuxum
275 gramm un
200 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
1.5 choy qoshiq qabartma
Glazuriga:
1 ta tuxum oqi
1 choy qoshiq limon sharbati
50 gramm shakar upasi
oldingi
Kartoshka va kolbasali salat
keyingi
“Yurakcha” pechenyelari

Fikringiz