Videoretsept: “bashorat qiluvchi” pechenyelar

Videoretsept: “bashorat qiluvchi” pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sehrli xitoycha pechenyelar o’zida har xil bashorat va tilaklarni saqlashi bilan bayram va tadbirlaringizni yanada qizitib yuboradi.

Ha-ha, bu sizni kuldiradigan yoki o’yga soladigan o’sha pechenyelardir. Bu yerda sizning bashoratlar haqidagi g’oyalaringiz umuman chegara bilmaydi. Masalan, siz insonlarga biron-bir yaxshi tilaklardan tilashingiz ham mumkin.

Aytgancha, bu pechenyening retsepti juda oddiydir.

Tayyorlaniladigan taomga 27 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

125 gramm un
125 gramm shakar
1,5 choy qoshiq kraxmal
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanilin
2 ta tuxum oqi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
4 osh qoshiq sovuq suv
Qadam 1
Tugllandi

Bashorat qiluvchi pechenyelar tayyorlash uchun quyidagilar kerak bo'ladi: teflon qog'ozi, bashoratlar yozilgan qog'ozchalar, pechenyelarni sovutishda ular shaklini saqlashi uchun finjon yoki stakan.

Shuningdek ularni sovutish uchun kichik hajmli kekslarga mo'ljallangan qog'ozli qolipchalar ham qo'l keladi.

Pechenyelarni pergament qog'ozda emas, teflon qog'ozda pishirish tavsiya qilinadi. Chunki pergament qog'ozda pechenyelarning cheti erib ketadi, teflon qog'ozda esa shaklini saqlab qoladi.

Qadam 2
Tugllandi

Gaz pechini 170 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Quruq masalliqlar: un, shakar, kraxmal, tuz va vanilinni aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tuxum sarig'ini oqidan ajratib olamiz, bizga faqat oqi kerak bo'ladi. Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz va quruq massa ustidan solamiz, qoshiqda aralashtirib olamiz. Ustidan yog'ni solamiz, suvni esa 1 qoshiqdan solamiz. Xamir cho'ziluvchan, ammo uncha suyuq bo'lmasligi kerak.

Qadam 5
Tugllandi

Teflon qog'ozga 2-2,5 choy qoshiqdan xamirdan solamiz, aylanasi taxminan 8 sm kattalikdagi ikkita aylanachalar hosil qilamiz. Har safar ikki donadan pishirsangiz, buklash jarayonida shoshib qolmaysiz.

Qadam 6
Tugllandi

Pechenyelarni 7-9 daqiqadan pishirib olamiz.

Ular pishgunicha esa qalin devorli stakan yoki finjon, kichkinagina piyolachalar, bashoratlar yozilgan qog'ozchalarni tayyorlab qo'yamiz. Chunki keyingi jarayon juda tez bajarilishi lozim.

Qadam 7
Tugllandi

Pishgan pechenyelarni qog'ozdan ajratib olamiz, o'rtasiga qog'ozchadan solib, teng ikkiga buklaymiz. So'ng stakan "og'zi"ga qo'yib, yana buklaymiz va kichkina, o'ziga mos idishchaga solib, to'liq sovutamiz. Buning uchun 10 daqiqa kifoya. Yuqoridagi masalliqlardan 15-20 dona pechenyelar hosil bo'ladi.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @spice.expert

Facebookdagi rasmiy sahifasi: fb.com/spice.expert

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

125 gramm un
125 gramm shakar
1,5 choy qoshiq kraxmal
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq vanilin
2 ta tuxum oqi
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
4 osh qoshiq sovuq suv
oldingi
Yeryong’oq solingan halqachali pechenyelar
keyingi
Qovoqli vaflilar

Fikringiz