Yarim soatda tayyorlash mumkin bo’lgan yeguliklar
Sizlarga yarim soat ichida tayyorlaniladigan tezpishar yeguliklar jamlanmasini taqdim etamiz.
Karam va pomidirli salat
Yangi uzilgan sabzavotlardan qilingan bu salatni tayyorlash uchun 15 daqiqa vaqt sarflaniladi. Bu salat uchun pomidor, karam, bodring va shivit solingan xushbo’y aralashma solib tayyorlaniladi. Salat juda sersuv va yengil bo’lib, har qanday taom bilan birga tortish mumkin.
Nemischa salat
Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlaniladigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo’lib, tayhorlanilishi oddiy bo’lsada, ammo ta’mi juda ham mazali. Bu retsept ko’p mamlakatlarda mashhurligi sabab, uni har kim o’z bilganicha tayyorlaydi. Bunday salatni tayyorlash uchun 30 daqiqa vaqt sarflanadi.
Rukkola ko’katidan mazali salat
Rukkola va «Aysberg» salat bargi, pomidor va bodringdan tayyorlaniladigan bu salat qish faslida organizmni kerakli vitaminlar bilan oziqlantiradi. Limon sharbati va zaytun yog’ining solinishi esa uni yanada lazzatli chiqishini ta’minlaydi.
Mini toblatmalar
Makaronli toblatmalarni tayyorlash bu juda oddiy va oson jarayondir. Oddiy taomni bunday noodatiy usulda tortish nafaqat bolalarga, balki yoshi ulug’ insonlarga ham qiziq bo’lib, ularga yoqishi aniq. Bu taomni tayyorlash jarayoni esa siz o’ylagandan ham osonroqdir.
Grilda qovurilgan kolbasalar
Sizda kechki ovqat tayyorlashda yetarlicha vaqt topilmasa, unda «Kulinar» brendi mahsulotlari sizning yordamchingizga aylanadi. Tayyorlash jarayoni juda oson bo’lib, u bilan birga tortish uchun har xil salatlar yoki qaylalar tayyorlash mumkin. Bunday yangicha yegulik sizning ham oila a’zolaringizga yoqishi aniq.
Tovuq va ananasdan tayyorlangan taom
Tez tayyorlaniladigan va lazzatli kechki taomlardan yana bir qiziqarli taom retsepti: sharqona usulda tayyorlaniladigan, tovuq va ananas aralashmasidan iborat bo’lgan ajoyib yegulik bilan sizlarni tanishtiramiz.
Suli yormasidan tayyorlanilgan pechenyelar
Suli yormasi juda foydali mahsulot bo’lib, undan tayyorlanilgan pechenyelar juda mazali chiqadi. Bunday pechenyelarni tayyorlash uchun ko’pi bilan yarim soat vaqt sarflanadi. Pechenyelar pishish jarayonida yoyilib ketishi sabab ham, pishirishda oldin bir-birining orasiga yetarlicha bo’sh joy qoldirish lozim.
Limonli mini kekslar
Limon solib pishiriladigan bu kekschalarga juda oddiy masalliqlar kerak bo’ladi, ammo shunga qaramasdan ular mazali va yumshoqqina bo’lib pishadi. Agar iloji bo’lsa ularni yelim xaltaga solib, bir kecha sovutgichga olib qo’ying, shunda ularning ta’miga yana ta’m qo’shiladi.
«Oreo» shokoladli kulchalar
Shokoladli pishiriqlarni sevuvchilarga bu retseptimiz yoqishi aniq. Shokoladli asosning qaymoqli pishloqdan qilingan krem bilan uyg’unligidan yaratilgan «Oreo» dan ta’tib ko’rmasdan o’tishning iloji yo’q.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!