fbpx
“Oreo” shokoladli kulchalar (ponchik)

“Oreo” shokoladli kulchalar (ponchik)

Masalliqlar:

  • "Oreo" kremiga:

Yo’nalishlar

Shokoladli pishiriqlarni sevuvchilarga bu retseptimiz yoqishi aniq.

Shokoladli asosning qaymoqli krem bilan uyg’unligidan yaratilgan «Oreo» dan ta’tib ko’rmasdan o’tishning iloji yo’q.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
130 gramm un
35 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 dona tuxum
120 millilitr kefir
60 millilitr o'simlik yog'i
1 ta o'ramcha vanil shakari
"Oreo" kremiga:
80 gramm qaymoqli pishloq
2 osh qoshiq 35 %li yog'li qaymoq
2 osh qoshiq shakar upasi
4-5 dona "oreo" pechenyesi
Qadam 1
Tugllandi

Gaz pechini 180 C darajaga qizdiramiz. Kulchalarga kerakli qolipni tayyorlab, yog' surtib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Kattaroq tog'oraga unni rlab solamiz, ustidan kakao, shakar, qabartma va qahvani solamiz. Aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Boshqa idishga yog', tuxum, kefir va vanilinni solamiz. Silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Suyuq aralashmani quruq massa ustidan solamiz va aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tayyorlangan qoliplarga xamirni 3/4 hisobda solib chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng ularni 180 C haroratda 13-15 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng qolipchalarida 15 daqiqa sovitamiz, keyin qolipidan ajratib, oxirigacha sovutib olamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Tog'orachaga pishloq, qaymoq, shakar upasi, vanilin va oreo pechenyelaridagi kremli asosini solamiz va mikser bilan 3 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz. Pechenyelarni esa maydalab olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Kulchalar ustidan kremni surtib, pechenye urvoqlaridan sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 30 daqiqa
  • Serves 8
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
130 gramm un
35 gramm kakao kukuni
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar
1 choy qoshiq tez eriydigan qahva
1 dona tuxum
120 millilitr kefir
60 millilitr o'simlik yog'i
1 ta o'ramcha vanil shakari
"Oreo" kremiga:
80 gramm qaymoqli pishloq
2 osh qoshiq 35 %li yog'li qaymoq
2 osh qoshiq shakar upasi
4-5 dona "oreo" pechenyesi
oldingi
Chia urug’chalaridan solib tayyorlangan 4 xil pudinglar
keyingi
Qo’ziqorin bilan pishirilgan grechkali lapsha

2 Sharhlar Hide Comments

Assalomu aleykum! 3/4 hisobda degani, qolipni to’ldirmasdan, to’rtdan uch qismigacha solishdir. Ya’ni qoliplarga yarmidan ko’proq solasiz, ammo oxirigacha emas) Tushuntira oldim deb umid qilaman 🙂 Shuningdek, bu retsept 8 kishiga yetadi

Fikringiz