Saharlik va iftorlik uchun taomlar ro’yxati
Zira uz saharlik va iftorlik uchun mazali va to’yimli taomlar retseptlari ro’yxatini taqdim etadi.
Saharlik
Pishloq va ko’katli dangasa pirojkalar
Ushbu pirojkalar xamirturushsiz va juda yumshoq, xushbo’y, mazali va eng muhimi, zararli emas. Saharlik uchun ayni muddao.
Nonushta uchun tez tayyor bo’ladigan pirog
Ushbu tez tayyor bo’ladigan pirog – saharlikka tayyorlash uchun juda qulay, tayyorlanishi kam vaqtni talab qiladi, ammo juda mazali bo’lib chiqadi.
Pishloq, ismaloq va tuxumli sloykalar
Pishloq va tuxumli sloykalar nonushta uchun juda mos keladigan ajoyib pishiriqdir. Ushbu qarsildoq sloykalarni tayyorlash uchun muzlatgichda tayyor xamir va juda oz vaqt kerak bo’ladi.
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo’tqa
Guruchli bo’tqa nafaqat to’yimli va foydali, balki mazali ham bo’lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Vengriyacha go’shtli quymoqlar
Sizlarga klassik uslubdagi Vengriyacha shirin bo’lmagan, go’shtli quymoqni taklif etamiz. Bunday quymoqlar mazali va to’yimli bo’lib, organizimingizni to’q tutadi.
Iftor
Yasmiqli turkcha krem-sho’rva
Ushbu xushboʻy sho’rva limon bo’lagi bilan dasturxonga tortiladi, so’ngra limon sho’rvaga siqib iste’mol qilinadi.Bunday sho’rvani tayyorlash juda oson, qolaversa tanovvul qilinganidan so‘ng og‘ir his qoldirmaydi.
Bedana tuxumili teftellar
Bedana tuxumi ushbu taomga o’zgacha ta’m taqdim etib, uni yanada mazaliroq qiladi. Mahsulotlar oddiyligiga qaramay, taom noodatiy va qiziqarli bo’lib chiqadi.
Fransuzcha usulda pishirilgan go’sht
Fransuzcha usulda pishirilgan go’sht – juda ko’p afzalliklarga ega taomdir. Ushbu taom ishtahaochar ko’rinishga ega bo’lib, tez tayyorlanadi va asosiysi har doim o’xshaydi.
Go’shtli uyalar
Ushbu «uyalar» kotletlaning o’rnini bosuvchi ajoyib taom bo’lib, ular juda mazali va sersuv bo’lib pishadi.
Sabzavotli tovuq sho’rva
Ushbu tovuqli sho’rva ham juda mazali, to’yimli, shu bilan birga vitaminlarga boy ovqat hisoblanadi.