Aprel: 2-hafta taomnomasi
Aziz pazandalar, biz sizning og’iringizni yengil qilish maqsadida, yangi hafta uchun yangi taomnomani taqdim etamiz.
Taomnoma sizga qo’l keladi degan umiddamiz.
Dushanba
Feta pishlog’i bilan tayyorlangan ratatuy
Ratatuy — rang-barang sabzavotlardan tayyorlaniladigan mazali taomdir. Faqatgina sabzavotlardan tashkil topganligiga qaramasdan bu yegulik juda to’yimli bo’lib pishadi.
Seshanba
Kesma-lag’mon
Ushbu taomning o’zgachaligi xamirini oson tayyorlanishida. Qaylasiga solinadigan sabzavot va ko’katlarni esa o’z hoxushingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
Chorshanba
Fransuzcha go’shtli taom
Fransuzcha deb nomlanuvchi bu taom aslida Rossiyada o’ylab topilgan bo’lib, ammo unga mayonezli qayla solinishi sabab ham fransuzcha deb nom berishgan.
Payshanba
Moshkichiri
Moshkicirini hamma har xil usulda tayyorlaydi. Bizlarning ham o’z retseptimiz mavjud bo’lib, o’ylaymizki u sizlarga ham juda yoqadi.
Juma
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Shanba
Baliqli kotletlar
Bunday baliqli kotletlar shu darajada mayinki, og’izda erib ketganini ham sezmay qolasiz. Bunday taom o’z qomatiga ahamiyatli va har tomonlama foydali taomlardan iste’mol qiluvchilarga juda asqotadi.
Yakshanba
Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go’shtli rulet
Quritilgan mevalar go’shtga nozik shirin ta’m va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin.