Yanvar: 4-hafta taomnomasi
Yanvar oyining 4-haftasi uchun tayyorlab qo’ygan taomnomamizni qarshi oling. Ushbu taomnomadan hafta kunlarida tayyorlashga qulay bo’lgan taomlar joy olgan.
Dushanba
Mol go’shtidan tayyorlangan jarkop
Xushbo’y, qaynoqina kratoshka va go’sht bilan tayyorlangan jarkop juda to’yimli taomlarimizdan biri hisoblanadi.
Seshanba
Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.
Chorshanba
Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar
Agarda siz tushlikka tez va oson tayyorlaniladigan taom retseptini axtarayotgan bo’lsangiz, unda hech ikkilanmasdan naggetslardan tayyorlab ko’ring.
Payshanba
Frikadelkali turkcha sho’rva
Mana bunday frikadelkali sho’rva ham taomnomangizni boyitib, ajoyib tushlik yoki kechki ovqat vazifasini bemalol uddalay oladi.
Juma
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom
Oddiy masalliqlar solinadigan taomni umuman boshqa ko’rinish va ta’mda chiqishini xohlasangiz, unda bizning bu usul aynan siz uchun!
Shanba
Videoretsept: Laxmajun – turkcha pitsa
Laxmajun turk oshxonasi fast-foodlarining qiroli hisoblanib, uni tayyorlash juda oson bo’lib, ortiqcha mahsulotni talab qilmaydi.
Yakshanba
Shivit oshi
Bir qarashda bu taom murakkab tuyilishi mumkin, lekin siz uni bizning retseptimiz bo’yicha tayyorlab ko’rsangiz, oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni o’zingizni urintirmagan holda, mazali va noodatiy taom bilan ajablantirishingiz aniq.