Qanday foydali yeguliklar tayyorlash mumkin: to’g’ri ovqatlanish uchun retseptlar
Sog’lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun Zira uz to’g’ri ovqatlanish tartibiga oid retseptlar to’plamini taqdim etadi.
Italyancha usulda tayyorlanilgan tovuq
Sog’lom turmush tarzi yoki to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar juda yaxshi bilishadiki, gaz pechida pishirilgan sabzavotlar qovurilgan va dimlanganlariga nisbatan foydaliroq hisoblanadi. Gaz pechida pishirilgan tovuq ham sabzavotlarning sharbatiga to’yinib pishadi. Bu italyancha mazali taom oila a’zolaringizga ham yoqishi aniq.
Qizil lavlagili xumus
Xumus – Yaqin Sharq oshxonasiga tegishli yegulik hisoblanadi. U o’zida ko’pgina oqsillarni saqlashi sabab ham, juda to’yimli, shuningdek foydali ham hisoblanadi. Unga qizil lavlagi solinsa juda ishtahaochar ko’rinishga ham kiradi. Bu usulda tayyorlanilgan xumusni nonga surtib yeyish, asosiy ovqatlarga qo’shimcha sifatida tortish ham mumkin.
Yeryong’oq va bananli batonchalar
Foydali va mazali yegulikni bor-yo’g’i 3 xil mahsulotlardan tayyorlash mumkin. Banan, suli parchalari va yeryong’oqli pastalardan tayyorlanilgan batonchalar juda to’yimli bo’lib, ularni 2 oygacha saqlash mumkin.
Suli yormasi va olmadan tayyorlanilgan vafli
Vafli – nonushta uchun ajoyib yegulikdir. Bu retsept sizga suli parchalari va olmali pyuredan kaloriyasi past vaflilar tayyorlashga ko’maklashadi. Ularni tayyorlab mazali qaylalar yoki ho’l mevalar bilan iste’mol qilishingiz mumkin. Ularni iloji bo’lsa, gaz pechida, silikon qolipchalarda pishiring.
Qizil sabzi va pomidordan tayyorlanilgan quyuq sho’rva
Bu yorqin rangdagi sho’rvadan tayyorlashni hozir ayni payti. Sho’rva juda mayin, xushbo’y va past kaloriyali bo’lib, 1 kishilik miqdori 175 kKal ni tashkil etadi. Xohishga qarab, uni muzlatib qo’yish ham mumkin bo’lib, bunda uni bir oygacha saqlash imkoniyati mavjud.
Sabzili tort
Parhez tutishni xohlovchilarning ko’pchiligi parhez vaqtida shirinliklarda iste’mol qilish mumkin emas drb hisoblashadi. Ammo bu retsept asosida tayyorlanilgan sabzili tortdan iste’mol qilish barchaga birdek tavsiya qilinadi. Shirin, mazali va asosiysi semirtirmaydigan tort retsepti.
Quritilgan olxo’ri bilan dimlangan go’sht
Bu taom dasturxonga o’zgacha ko’rk bag’ishlashi sabab ham, uni bayram dasturxonlariga ham atab tayyorlash mumkin. Quritilgan olxo’ri bilan dimlab pishirilgan go’sht juda yumshab pishadi, ishtahaochar ko’rinishi esa barchani ishtahasini ochib yuboradi.