fbpx
Quritilgan olxo’ri va dimlangan mol go’shtidan tayyorlangan taom

Quritilgan olxo’ri va dimlangan mol go’shtidan tayyorlangan taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyingiz a’zolari va nozik mehmonlarinigizni qanday qilib qoyil qoldirishni bilmayapsizmi? Qora olxo’rili dimlangan mol go’shti oilaviy dasturxoningiz yoki bayramona tushligingiz uchun ajoyib tanlov bo’ladi.

Quritilgan mevalar go’shtning ta’mi va xushbo’yligiga ko’proq urg’u berib, uning ta’mini yanada o’tkirroq qiladi.

Taomning 100 grammdagi ozuqaviy qiymati: 139,5 kkal, oqsillar – 9.12 g, yog’lar – 6.44g va uglevodlar – 11.93 grammni tashkil qiladi.

Jami: taomning umumiy og’irligi – 1150g, 1604 kkal bo’lib, oqsillar – 139. 5g, yog’lar – 74.10 g, uglevodlar – 137.23 gramm, yog’lar – 6.44 g, uglevodlar-137.23 grammga to’g’ri keladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 32 000 so’m.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
180 gramm quritilgan olxo'ri
1 piyoz katta
1 bulg'or qalampiri o'rtacha
200 gramm pomidor
0.5 choy qoshiq maydalangan dolchin
1 osh qoshiq balzamli sirka
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugllandi

Lahm mol go'shtini o'rtacha kub shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Pomidorni po'stidan ajratib, kub shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Piyozni yupqa yarim oy shaklida to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugllandi

Bulg'or qalampirini eni yarim santimetrlik parraklarga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovani o'rtacha olovda qizdirib olamiz va yarim osh qoshiq o'simlik yog'ini solamiz. Mol go'shtini solib, 5 daqiqa davomida qovuramiz. Tuz, murch, dolchin va balzamli sirkani qo'shib, yaxshilab aralashtiramiz. Barcha masalliqlarni 5 daqiqaga dimlab qo'yamiz. So'ng go'shtimizni chuqurroq qozonchaga yoki multipishirgichning idishiga solamiz. Barchasini multipishirgichda ham qovurib olsa bo'ladi.

Qadam 6
Tugllandi

Go'sht qovurgan tovamizga yarim osh qoshiq yog' solib, piyoz va bul'g'or qalampirini biroz qovuramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Tovaga pomidorni ham qo'shib, bir necha daqiqa dimlab olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Pomidorli aralashmamizni mol go'shti ustiga solib, ustidan suv quyamiz. Suv mahsulotlarni biroz yopib turishi lozim. Taomni 1 soatga dimlab qo'yamiz. Agar siz multipishirgichdan foydalansangiz, "Dimlash"-"Go'sht" tugmalarini bosing. Agar qozonda pishirsangiz, olovni eng past darajaga keltiring.

Qadam 9
Tugllandi

Quritilgan qora olxo'rilarni yuvib, quritib, qozonga soling va taomni yana 40 daqiqaga dimlab qo'ying. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 2 soat
  • Serves 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm mol go'shti
180 gramm quritilgan olxo'ri
1 piyoz katta
1 bulg'or qalampiri o'rtacha
200 gramm pomidor
0.5 choy qoshiq maydalangan dolchin
1 osh qoshiq balzamli sirka
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Inglizlarga xos nonushta
keyingi
Videoretsept: tvorogli ko’ptokchalarga boy shokoladli pirog

Fikringiz