Uyda tayyorlaymiz: foydali nonushtalar
Har kimning ta’biga mos keladigan foydali va mazali nonushtalar retseptlarini Zirauz tayyorlab qo’ygan ro’yxatdan topishingiz mumkin.
Pishloq va ko’katli quymoqlar
Bunday quymoqlar ichiga asoslardan solinmaydi, ularning o’zi sersuv bo’lib pishadi.
Pomidorlarda pishirilgan tuxumlar
Hatto oddiy tuxumni ham har xil usullarda pishirib, yangicha nonushtaga ega bo’lish mumkin. Tuxumlarni bir marotaba bo’lsa ham pomidorlar ichiga solib pishirib ko’ring, ta’midan lol qolasiz.
«Grekcha salat» nomli parhezbop quymoq
Tayyorlash jarayoni 20 daqiqadan ham kam vaqtni oluvchi «Grekcha salat» deb ataluvchi quymoqdan tayyorlashni tavsiya qilamiz, uglevod miqdori kam, oqsilga esa juda ham boy taomdir.
Yeryong’oq va bananli batonchalar
Nonushtalar va batonchalar siz o’ylaganingizdan ham foydaliroqdir. Bunday batonchalar faqatgina 3 xil mahsulotlardan tayyorlaniladi xolos.
Pishloqli vaflilar
Pishloq solib tayyorlaniladigan buday vaflilardan tayyorlab ko’rganmisiz? Nonushtaga siz bulardanda tezroq tayyorlaniladigan, shu bilan birga foydaliroq retsept topa olmaysiz.
Shirqovoq – guruch va qovoqli bo’tqa
Mazali va juda yumshoq ta’mli mana bugungi bo’tqani qovoq va guruchdan tayyorlaymiz. Bunday yegulikdan avvallari buvilarimiz juda ko’p tayyorlashgan.