Uyda tayyorlaymiz: iliq salatlar
Zira uz iliq salatlarni sevuvchilar uchun to’liq tushlik yoki kechki ovqat o’rnini bosa oladigan eng mazali va to’yimli 7 ta salat retseptinii taqdim etadi.
Nemischa salat
Qaynatilgan kartoshka va vetchinadan tayyorlaniladigan bu salat Germaniyada juda ham mashhur bo’lib, tayhorlanilishi oddiy bo’lsada, ammo ta’mi juda ham mazali.
Rediska solingan kartoshkali iliq salat
Tez tayyorlaniladigan mazali yeguliklardan tanovvul qilishni istasangiz, unda mana bunday ajoyib salat retsepti sizga ko’maklashadi.
Baqlajon va tovuqdan iliq salat
Barcha salatlardan tayyorlab ko’rib, qandaydir yangicharoq retsept qidirish payidamisiz? Unday bo’lsa baqlajon va tovuqli iliq salat retsepti sizga qo’l keladi. Bunday to’yimli salat bemalol asosiy ovqatning ham o’rnini bosa oladi.
Pomidor va baqlajonli iliq salat
Ushbu sabzavotli salat – iliq holida ham, sovuq holida ham betakror va mazali. Sersuv pomidor, qovurilgan mayin va xushbo’y baqlajon, qarsildoq shirin bulg’or qalampiri – doimo bir-biri bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Steyk bilan tayyorlangan iliq salat
Steyk bilan tayyorlangan bunday iliq salatni asosiy taom sifatida ham bemalol iste’mol qilish mumkin. Har xil masalliqlardan foydalanilgani va ajoyib koʻrinishi bilan bu salat hech kimni befarq qoldirmaydi.
Rimcha salat
3 xil masalliqlardan tayyorlaniladigan juda mazali sala tayyorlashni sizlarga tavsiya. Go’sht, qo’ziqorin va rukkoladan tayyorlaniladigan bu salat bemalol ovqatning o’rnini bosa oladi.