Mazali va to’yimli: go’shtli taomlar
Zira uz mazali va to’yimli taom tayyorlashni maslahat beradi va siz uchun 7 xil eng mazali go’shtli taomlar ro’yxatini taqdim etadi.
Kiring, ilhomlaning va tayyorlang!
Turkcha usulda pishirilgan no’xat
Mazali va xushbo’y isga ega turk oshxonasiga mansub taom – turkcha usulda pishirilgan no’xot. Bu taom shunday natijani beradiki, bunda siz sarflagan vaqtingizga umuman achinmaymiz.
Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya
Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda toʻyimli va foydali taom ham hisoblanadi.
Go’sht Say
Uy sharoitida ham bunday taom tayyorlash juda oson bo’lib, buning uchun bizga — qozon, go’sht, va sabzavotlar, asosiysi juda ham kam vaqt kerak bo’ladi.
Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom
Hildirab pishgan mana bunday ko’rinishdagi taom har qanday ob-havoda ham kayfiyatingizni ko’tarishi aniq. Bunda go’shtni kesish shart ham emas, o’zi yoyilib ketadi.
Sabzavotlar bilan pishirilgan go’sht
Bozor rastalari turli-tuman sabzavotlar-u ko’katlar bilan limmo-lim bo’lib, bunday mazali taom tayyorlashning hozir ayni payti.
Iskandar-kabob
Taomning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, u doim yogurt yoki nordon qayla bilan birga dasturxonga tortiladi. Bu esa go’shtning ta’mini yaqqol bildirishga yordam beradi.
Gaz pechida pishirilgan qo’y kuragi
Bunday usulda tayyorlangan go’sht hil-hil bo’lib pishadi va og’izda erib ketadi.