fbpx
Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan qo’y kuragi

Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan qo’y kuragi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qo’y kuragini pechda qanday pishirishni bilasizmi? Hozircha yo’q bo’lsa, unda Sizni mana bu ajoyib retseptimiz bilan tanishtiramiz!

Bunday usulda tayyorlangan go’sht hil-hil bo’lib pishadi va og’izda erib ketadi.

Masalliqlar:

Portsiya:
1800-2000 gramm qo'y kuragi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
100 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm kartoshka
1 dona shoxcha rozmarin
Qadam 1
Tugallandi

Qo'y kuragini yaxshilab yuvib, quritamiz. Pech patnisiga pergament qog'oz to'shab olamiz va qo'y kuragini qog'oz ustidan qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Go'sht ustini 2 sm dan bir nechta joyini tilib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Marinadini tayyorlab olamiz. Tog'orachaga o'simlik yog'i, zira, tuz, murch va maydalangan sarimsoqpiyozni ham solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Marinadni go'shtga yaxshilab surtib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kartoshkani po'stini archib olamiz va bo'laklarga bo'lib chiqamiz. Ustidan to'g'ralgan rozmarinni sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz. So'ng kartoshkani qo'y kuragi yoniga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Patnis ustini yaxshilab qog'oz folga bilan yopib, 180 C darajada qizigan pechda 2-2.5 soat davomida pishirib olamiz.

Pishgan go'sht va kartoshkani likopchalarga solib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 2 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1800-2000 gramm qo'y kuragi
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 choy qoshiq zira
ta'bga qarab tuz va murch
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
100 millilitr o'simlik yog'i
500 gramm kartoshka
1 dona shoxcha rozmarin
oldingi
Lavashli shtrudel
keyingi
Parhezbop «Olivye» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.