Siz hech ham tayyorlab ko’rmagan 7 ta noodatiy desert retseptlari
Oddiy shirinliklardan charchadingiz va hatto oila a’zolaringiz ham odatiy desertlardan bosh tortishyaptimi? Unda ularni lol qoldirish vaqti keldi.
Zefir, keyk-popslar,”Ptiche moloko, “Bashorat qiluvchi pechenye va yana boshqa noodatiy desertlar retseptlarni bizning ushbu maqolamizdan topishingiz mumkin.
Qorag’atdan zefir tayyorlash
Zefirni uy sharoitida tayyorlash mumkin bo’lsa kerak deb biror marta o’ylab ko’rganmisiz? Zira bilan hamma narsani uddasidan chiqasiz. Buning uchun biroz sabr va vaqt bo’lsa kifoya, qarabsizgi ajoyib shirinlik dasturxoningizga ko’rk bag’ishlaydi.
Keyk-popslar
Keyk-pops – shokoladli glazur bilan qoplangan, tayoqchaga tiqilgan biskvitli koptokchalar bo’lib, bunday ajoyib desertni tanavvul qilish hech kimga qiyinchilik tug’dirmaydi. Ularni hatto yo’lda ham iste’mol qilish mumkin.
«Ptiche moloko» torti
«Ptiche Moloko» torti — ancha yillardan beri sevimli bo’lib kelayotgan shirinliklardan biri hisoblanadi. Uning tez va oson tayyorlanilishiga esa ko’pchilikning ishongisi kelmaydi.
Tayoqchali merenga bezesi
Umuman olganda bu shirinlikni qandolatchilar uchun haqiqiy topilma desak bo’ladi. Ular tayyorlanish jihatidan oson, lekin o’z qonun qoidalariga ega.
Pechenye «Yurakchali odamchalar»
Pechenyelar juda oddiy va mazali bo’lib, ularni tayyorlash uchun faqatgina odamcha va yurakcha shaklidagi kesish uchun mo’ljallangan qolipchalar kerak bo’ladi.
«Bashorat qiluvchi» pechenyelar
Ha-ha, bu sizni kuldiradigan yoki o’yga soladigan o’sha pechenyelardir. Bu yerda sizning bashoratlar haqidagi g’oyalaringiz umuman chegara bilmaydi. Masalan, siz insonlarga biron-bir yaxshi tilaklardan tilashingiz ham mumkin.
«Yurakcha» torti
Harflar yoki raqamlar ko’rinishadiga tortlar ommaviy urfga aylangan tortlar hisoblanadi. Ular Isroillik pazanda-qiz Adi Klingxofer sharafi bilan shunday mashhur bo’lib ketdi.