Ushbu yozning 7 xil eng mazali muzqaymog’i
Yoz fasli mazali va salqinlashtiruvchi muzqaymoqlar bilan qiziq. Agar ushbu muzqaymoqlarni uyda o’z qo’llaringiz bilan tayyorlasangiz bormi, ular nafaqat mazali, balki foydali ham bo’ladi.
Qolaversa, bunday muzqaymoqlarni bolalar bemalol is’temol qilishlari mumkin. Chunki muzqaymoqlar toza tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi.
Yogurtli muzqaymoq
Qomatingizga zarar keltirmaydigan va vazningizni oshib ketishiga ta’sir ko’rsatmaydigan muzqaymoq tayyorlashni xohlovchilar diqqatiga!
Rezavor mevalar, yogurt va asal solib tayyorlaniladigan bu muzqaymoq nafaqat mazali, balki juda foydali hamdir.
«Moxito» muzqaymog’i
«Moxito» muzqaymog’i yaxshi chanqoqni bostirib, laym bilan yalpiz birgalikda yaxshi uyg’unlikni tashkil qiladi.
Issiq kunlarda tetiklashtirib, kayfiyatni ham ko’taradi.
Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq
Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo’lib, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi, ishonavering.
Qaymoqli muzqaymoq
Mana bunday qaymoqli muzqaymoq tayyorlash juda ham oson — muzqaymoqqa mo’ljallangan idish ham, muntazam aralashtirib turish ham shart emas. 3 xil masalliq va natijasi sizga shubhasiz yoqadi.
Shaftolili muzqaymoq
Shaftolili muzqaymoq ham xuddi qolganlariga o’xshab, uy sharoitida tez va oson tayyorlaniladi. Agarda retsept to’g’ri tanlansa, bu jarayon yanada oson kechadi.
Shokoladli muzqaymoq
Ushbu retsept bo’yicha tayyorlangan muzqaymoq juda nozik va mazali bo’lib chiqadi. Uni oldindan tayyorlab qo’yib, so’ngra istalgan payt dasturxonga tortishingiz mumkin.
Rezavor mevalardan tayyorlanilgan muzqaymoq
Bu muzqaymoqning jobiy tomoni, u vazningizning oshib ketishiga sababchi bo’lmaydi. Bananlarning muzlatilishi sababdan ham, muzqaymoq kremsimon ta’mda chiqadi. Rezavor mevalardan xohlaganingizni solishingiz mumkin.