fbpx
  • Asosiy
  • “Moxito” muzqaymog’i
“Moxito” muzqaymog’i

“Moxito” muzqaymog’i

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

“Moxito” muzqaymog’i yaxshi chanqoqni bostirib, laym bilan yalpiz birgalikda yaxshi uyg’unlikni tashkil qiladi.

Issiq kunlarda tetiklashtirib, kayfiyatni ham ko’taradi.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
350 gramm quyultirilgan sut
1 bog' yalpiz
2 ta laym po'sti va sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Likopchaga laym po'stini qirg'ichdan chiqarib solamiz. Sharbatini alohida idishga siqib chiqaramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Laym sharbatiga yalpiz yaproqchalarini solib, blenderda maydalab olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Smetana va quyultirilgan sutni aralashtirib olamiz va 10-15 daqiqa mikser yordamida ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Yalpiz solingan sharbatni smetanali massaga solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Konteynerga solib, muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Har 20 daqiqada aralashtirib turamiz, shunda muzqaymoq bir xil muzlaydi. Taxminan 3-4 bor aralashtirish talab qilinadi.

Qadam 7
Tugllandi

3-4 soatdan so'ng muzqaymoqni olib, iste'mol qilish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
350 gramm quyultirilgan sut
1 bog' yalpiz
2 ta laym po'sti va sharbati
oldingi
Bolalar oshxonada: Brauniz
keyingi
Qahva va asalli keks

Fikringiz