Yozgi sabzavotlardan taomlar
Yoz mavsumi – vitaminlarga boy taomlar iste’mol qilishning ayni payti. Ushbu vitaminlarni biz sabzavotlardan olamiz.
Bugungi taomlar ro’yxatimiz ran-barang, xilma-xil, mazali va foydali sabzavotli taomlardan tashkil topgan.
Sabzavotli kish
Bu sabzavotli kish — haqiqiy bayramona kayfiyatni taqdim etuvchi taom desak hech ham adashmaymiz. U juda to’yimliligiga qaramasdan, yegana saring yana yeging kelaveradi.
Ajabsanda
Ajabsanda yoki ajabsandali – kavkazcha mashhur taomlardan biri bo’lib, bunda sabzavotlar dimlab pishiriladi. Bu taomning klassik retsepti baqlajon, bulg’or qalampiri, piyoz va pomidorlardan tayyolaniladi.
Sabzavotli ragu
Tayyorlash juda oson va ko’p vaqtni talab qilmaydigan yozbop taomlardan biri – sabzavotli ragu tayyorlash retseptini taqdim etamiz.
Tovuq va sabzavotlardan qilingan toblatma
Juda sersuv va mayin bo’lib pishuvchi bu taom yoz faslida tayyorlash uchun ayni muddaodir.
Turkcha ratatuy
Qiymali ratatuy – bu oddiy taomning to’yimli varianti bo’lib, ushbu mazali taomni qiyma ajoyib tarzda to’ldirib turadi. Bunday taomni albatta tayyorlab ko’ring, ayniqsa hozir – sabzavotlar mavsumida.
Sabzavotlar bilan choʻpchalarda pishirilgan tovuq
Tovuq go’shtidan qilinadigan kabobchalarni nafaqat da, balki gaz pechida ham tayyorlash mumkin. Bunday yegulik juda sersuv va to’yimli bo’lib pishadi.