fbpx
Ajabsanda

Ajabsanda

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ajabsanda yoki ajabsandali – kavkazcha mashhur taomlardan biri bo’lib, bunda sabzavotlar dimlab pishiriladi. Bu taomning klassik retsepti baqlajon, bulg’or qalampiri, piyoz va pomidorlardan tayyolaniladi.

Kavkazcha bu taomni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p vaqt va mablag’ni talab etmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*

*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

800 gramm baqlajon
600 gramm pomidor
300 gramm piyoz
200 gramm sabzi xohishga qarab
300 gramm bulg'or qalampiri
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 bog' rayhon
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Baqlajonlarni 1.5 sm qalinlikda yarim halqa qilib to'g'rab olamiz. Yaxshilab tuz sepib, yarim soatga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Piyozni ham yarim halqa, sabzi va bulg'or qalampirini somoncha shaklida, pomidorni po'stini archib, o'zini esa mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng esa baqlajonlarni yaxshilab yuvib, quritamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovani gazga qo'yib, 2 osh qoshiq o'simlik yog'i quyamiz. Baqlajonlarning avval yarmini solib, qizarguniga qadar qovuramiz. So'ng boshqa idishga olib, qolgan baqlajonlarni ham xuddi shunday usulda qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovani artib, yana ikki osh qoshiq yog' quyamiz va qizdiramiz. Piyoz va sabzini solib, yumshaguniga qadar qovuramiz. Bulg'or qalampirini solamiz, bir necha daqiqadan so'ng esa pomidorni ham solamiz. Ikki daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ustidan baqlajon, sarimsoq piyoz va ko'katlarni ham mayda to'g'rab solamiz, ziravorlarni sepamiz. Aralashtirib, 10 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Pishgan taomni issiqligida ham, yaxna holatida ham dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

800 gramm baqlajon
600 gramm pomidor
300 gramm piyoz
200 gramm sabzi xohishga qarab
300 gramm bulg'or qalampiri
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
1 bog' rayhon
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
1 choy qoshiq xmeli-suneli ziravori
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Tuxum va salatli sendvich
keyingi
Tvorogli yurakchalar

Fikringiz