fbpx
Sabzavotli ragu

Sabzavotli ragu

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tayyorlash juda oson va ko’p vaqtni talab qilmaydigan yozbop taomlardan biri – sabzavotli ragu tayyorlash retseptini taqdim etamiz.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 dona bulg'or qalampiri
2 ta qovoqcha
1 dona baqlajon
2 ta pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
3-4 ta yashil rayhon yaproqchalari
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qovoqcha, bulg'or qalampiri va qovoqchani to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga o'simlik yog'i quyib qizdiramiz. Piyoz, maydalangan sarimsoq piyoz va bulg'or qalampirini 5 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Baqlajonni solib, birgalikda 5 daqiqa davomida qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qovoqcha, pomidor pastasi va qirg'ichdan chiqarilgan pomidorni solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Rayhonni mayda to'g'rab solamiz, tuz va murch sepamiz. Qopqog'ini yopib, 15 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona bulg'or qalampiri
2 ta qovoqcha
1 dona baqlajon
2 ta pomidor
1 osh qoshiq pomidor pastasi
3-4 ta yashil rayhon yaproqchalari
1 bosh piyoz
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Pesto qaylasi qo’shib tayyorlangan go’shtli salat
keyingi
Drezdencha tort

Fikringiz