Videoretsept: Sabzavotli kish

Videoretsept: Sabzavotli kish

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Quymasiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bu sabzavotli kish — haqiqiy bayramona kayfiyatni taqdim etuvchi taom desak hech ham adashmaymiz.

U juda to’yimliligiga qaramasdan, yegana saring yana yeging kelaveradi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
120 gramm margarin yoki sariyog'
230 gramm un
2 osh qoshiq smetana
bir chimdim tuz
Quymasiga:
300 gramm smetana
3 ta tuxum
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Asosiga:
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm brokkoli karami
100 gramm porey piyozi
100 gramm konservalangan makkajo'xori
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga unni elab solamiz. Ustidan muzdek sariyog' yoki margarinni qirg'ichdan chiqarib solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalaymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Tuz va smetanani solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni dumaloq shaklga keltirib, yelim xaltaga solamiz va 40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovaga o'simlik yog'i solib, to'g'ralgan porey piyozini yumshaguniga qadar qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Ustidan to'rtburchak qilib to'g'ralgan bulg'or qalampirini solib, 1-2 daqiqa birga qovuramiz.

Qadam 6
Tugllandi

So'ng bo'laklarga bo'lingan brokkoli karamini solamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Ikki daqiqalardan so'ng makkajo'xorini solamiz, tuz va murch sepib aralashtiramiz va gazdan olib qo'yamiz.Quymasini tayyorlab olamiz. Bitta idishga

Qadam 8
Tugllandi

Quymasini tayyorlab olamiz. Bitta idishga

Qadam 9
Tugllandi

Tingan xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasida, 0,4-0,5 mm qalinlikda yoyib olamiz.

Qadam 10
Tugllandi

So'ng qolipga olib, chetlarini balandroq qilib olamiz (bizlar aylanasi 24 sm li qolipdan foydalandik).

Qadam 11
Tugllandi

Xamir ustidan sabzavotlarni solib, ustidan quymasini quyamiz va ozroq qattiq pishloqdan sepamiz.

Qadam 12
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
120 gramm margarin yoki sariyog'
230 gramm un
2 osh qoshiq smetana
bir chimdim tuz
Quymasiga:
300 gramm smetana
3 ta tuxum
60 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
Asosiga:
150 gramm qizil bulg'or qalampiri
150 gramm brokkoli karami
100 gramm porey piyozi
100 gramm konservalangan makkajo'xori
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga sepish uchun qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
oldingi
Olmali oddiy keks
keyingi
Piyoz va bulg’or qalampiri bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom

Fikringiz