8 ta tezpishar pastalar retseptlari
Uyda tayyorlasa bo’ladigan spagettilar retseptlari juda ko’p, shunday ekan, kerakli mahsulotlar va yaxshi kayfiyatni g’amlab, oila a’zolaringizga Italiyan oshxonasiga mansub taomlar tayyorlashga kirishing.
Ushbu taomning afzalligi – italyancha makaronlarning har xil turlari bir-birining o’rnini bosa oladi. Agar uyda spagetti makaroni bo’lmasa uni biron-bir boshqa turdagi makaronga o’zgartirishingiz mumkin.
Eng asosiysi makaron bug’doyning qattiq navi qo’shilmasidan tayyorlangan bo’lishi kerak, aks holda, makaronni pishirganda uni boshqa taomlardan ajratib turadigan «al dente» holatigacha pishirib bo’lmaydi.
Pomidor va tunets balig’idan tayyorlangan pasta
Sousli makaronlar tezpishar va oson tayyorlanadigan taomlardan biri bo’lgani uchun, tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlar uchun asqotishi aniq.
Sousning ichiga maydalangan zaytunni ham solsa bo’ladi. Ular tunets balig’i bilan o’zgacha uyg’unlik kashf qilib, shuning hisobiga taomning mazasi ham takrorlanmas bo’ladi.
Tovuq va qo’ziqorinli “Alfredo” Fettuchini taomi
Mayin qayla ostida tayyorlanilgan pasta o’zining mazasi bilan barchani xushnud qilishi aniq. Italiyada sevimli bo’lgan bu taomni siz ham tayyorlab ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta
Ishtahaochar, juda xushbo’y va mazali makaronlarni bugun tovuq va baqlajonlardan tayyorlaymiz.
Bu taomni bir marotaba tayyorlab ko’rsangiz bas, so’ng undan qayta va qayta yegingiz kelaveradi. Bunday taomni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p masalliq ham talab etilmaydi.
Pomidorli qaylada pishirilgan tovuqli spagetti
Agar siz tovuqli taomlarga befarq bo’lmasangiz, demag ushbu taom aynan siz uchun.
Bu ishtahaochar taom o’zining ajoyib ifori bilan butun oila a’zolarini bir dasturxon atrofida jam qilishi shubhasiz.
Tovuq va brokkoli bilan pishirilgan pasta
Ushbu taom o’z qomati haqida qayg’uradiganlarn uchun ham to’g’ri keladi.
Bunday to’yimli tushlik yoki kechki ovqatdan so’ng, organizimingiz o’ziga kerakli mikroelement va vitaminlarga to’ladi.
“Arabyata” pastasi
“Arabyata” pastasi – eng ko’p iste’mol qiinadigan italyancha taomlardan biri hisoblanadi.
Agarda sovutgichingizda ozroq pomidor, sarimsoqpiyoz va achchiq qalampir topilsa, unda mana bunday ajoyib ta’mli pastadan tayyorlab ko’ring.
Pastali grekcha salat
Kecha tayyorlangan pastani isitib bo’lmaydi, shunday ekan uni salatga aylantirishni maslahat beramiz.
Pomidor va ismaloq qo’shib tayyorlanilgan pasta
Ushbu taomni bahorda tayyorlamasangiz boshqa qachon tayyorlaysiz? Qolaversa uni tayyorlash sizdan ko’p vaqt va masalliqni talab qilmaydi. Shunday ekan uni hoziroq tayyorlashga kirishing.