Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta

Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ishtahaochar, juda xushbo’y va mazali makaronlarni bugun tovuq va baqlajonlardan tayyorlaymiz.

Bu taomni bir marotaba tayyorlab ko’rsangiz bas, so’ng undan qayta va qayta yegingiz kelaveradi. Bunday taomni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p masalliq ham talab etilmaydi.

Tayyorlaniladian yegulikka taxminan 15 000 so’ pul sarflniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

200 gramm makaron
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 dona baqlajon
200 gramm pomidor
100 gramm piyoz
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugllandi

Baqlajonni yarim oy shaklida, 1,5 sm qalinlikda to'g'rab olamiz. Tuz sepib, qog'oz sochiqqa teribbqo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

O'simlik yog'ini qozonga quyib, mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni qovurib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

So'ng baqlajonni solib, pishguniga qadar qovuramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Qovurilgan tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz, baqlajon ustidan solib, 1 daqiqa birga qovuramiz.

Pomidorni po'stini archib, to'g'rab solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

3-4 daqiqa qovurgandan so'ng, to'g'ralgan rayhon, tuz va murch solamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Sabzavotlar ustidan "al-dente" darajasida qaynatilgan makaronni solib, aralashtirib olamiz.

Likopchalarga solib, ustidan pishloq sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm makaron
200 gramm qaynatilgan tovuq go'shti
1 dona baqlajon
200 gramm pomidor
100 gramm piyoz
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
50 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Qizil lavlagili xumus
keyingi
Tovuq va sabzavotli toblatma

Fikringiz