Noyabr: 1-hafta taomnomasi
Bir haftaga mo’ljallanilgan taomlar va har xil pishiriqlar jamlanmasidan iborat haftalik taomnoma ro’yxati bilan tanishib oling.
Dushanba
Qovoqli manti va «Piko-de-gayo» meksikancha achchiq ta’mli salat
Qovoqlarning ayni mavsumida ulardan tayyorlangan, yumshoqina, og’izda erib ketuvchi mantilarga nima deysiz?! Bunday taom juda to’yimli bo’lib, tayyorlash jarayoni ham unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi.
Seshanba
Lavashdan tayyorlangan lazanya, limonli pechenyelar
Lavashdan tayyorlaniladigan lazanya taomi bir pastda pishadi va sizdan ko’p vaqtni talab qilmaydi. Shirinlikka esa limonli pechenyelardan tayyorlab oila a’zolaringiz, ayniqsa jajji bolajonlaringizni xursand qiling!
Сhorshanba
Tovuq bilan pishirilgan kartoshkali rulet, brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar
Tovuq go’shti solib pishirilgan kartoshkali rulet sizning taomnomangizga yangilik kiritib, dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi.
Payshanba
Pigodi – koreyscha taom va qisqichbaqa tayoqchalaridan mazali salat
Oshirma xamirdan tayyorlangan koreyscha pigodilarning to’liq tayyorlanish retseptiga amal qilib, siz ham ulardan pishiring. O’zingizni sinab ko’ring.
Juma
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom va fransuzcha salat
Tovuqning to’shidan yumshoq va mazali taom tayyorlashni istaysizmi? Tovuq, pishloq va pomidorlar – bu masalliqlar xuddi bir-biri uchun yaratilgandek go’yo. Bu taom chiroyli ko’rinishga ega bo’lgani uchun ham uni bayram dasturxoningizda ham tayyorlasangiz bo’ladi.
Shanba
Qiymali ratatuy va grekcha salat
Hozir sabzavotlardan to’yib oziqlanishning ayni fursati bo’lib, bugun ulardan fransuz oshxonasiga mansub taom bo’lmish, ratatuy tayyorlaymiz.
Yakshanba
O’rama xonim, tovuq va qovoqchadan salat
Yupqa xamir va ichi to’la asosli o’rama xonimlardan yakshanba kuni tayyorlang va butun oila a’zolaringizni mamnun eting!
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!