Xushbo’y ko’katlarni gultuvaklarda to’g’ri ekish
Ko’pchilik pazanda bekalarimiz taomning mazali chiqishi uchun unga har xil ko’katlar solishni unutishmaydi. Lekin bunday ko’katlarni uyda, gultuvakda yetishtirish mumkinligini juda kamchilik biladi.
Bugungi maqolamiz sizga juda foydali bo’lishi aniq.
Qaysi xushbo’y ko’katlarni ekish mumkinligini hoziroq gapirib beramiz va fotosuratlarda ko’rsatamiz.
Bizga nimalar kerak bo’ladi: quyosh nuri tushadigan yorug’ joy, ko’chat, gultuvaklar(ortiqcha suv chiqib ketishi uchun tagida teshik bo’lsin), отверстиями для отвода лишней влаги (лотки, горшки), tuproq, kichkina toshchalar yoki keramzit, belkurakcha va yaxshi kayfiyat.
Gultvakda qanday xushbo’y ko’katlarni o’stirish mumkin:
Rayhon – butun dunyo oshxonasida ishlatiladigan ko’katlardan biridir. Uning xushbo’y hidi salatlarga, taomlar va hatto shirinliklarni ham o’zgacha qiladi.
Qayerdan sotib olish mumkin: Bozorlarda 3 000 so’mga 10 dona ko’chatini sotib olish mumkin.
Ekish: Rayhonni xohlagan ko’rinishdagi gultuvaklarga ekishingiz mumkin, bizlar buning uchun uzunligi 40 sm li, chuqurligi 12 sm li gultuvakdan foydalandik.
- Gultuvak tubiga keramzit solamiz, bu ortiqcha suvni tezroq oqishiga yordamlashadi.
- Tuproqni ko’chadan yoki tayyorini bozordan sotib oling.
- Tuvakka tuproqni solamiz.
- Pichoq yordamida teshiklar qilib, rayhonlarni bitta-bitta solib, ekib chiqamiz.
- Gultuvak tepasigacha tuproqni solamiz, ustini tekislab, suv quyamiz.
To’g’ri parvarishlash: Rayhon yorug’ joy va ko’proq sug’orishni yaxshi ko’radi, tuprog’i doimo nam turishi shart. Yozgacha u yana ko’payib ketadi.
Oregano – O’rta yer dengizi oshxonasining asosiy ziravori sanaladi. Yangi yoki quritilgan yaproqchalari bilan, taomlarni, salat va pishiriqlarni boyitadi.
Qayerdan sotib olish mumkin: bozorlardan ( Oloy, Chorsu, Qo’yliq va boshqa bozorlardan),uning ko’chatlarini donasini 4 000 so’mdan va undan ham arzonroq narxda sotib olish mumkin.
Ekish:
- Oreganoni ekish uchun, oddiy, uzunligi 10-15 sm li gultuvakdan foydalanamiz.
- Gultuvak tubiga keramzit solamiz, bu ortiqcha suvni tezroq oqishiga yordamlashadi.
- Pichoq yordamida teshiklar qilib, oreganoni qo’yib, ekib chiqamiz. Bunda uning ildizi oxirigacha, tuproq ichida bo’lsin.
- Gultuvak tepasigacha tuproqni solamiz, ustini tekislab, suv quyamiz.
To’g’ri parvarishlash: oregano quyoshni juda ham yaxshi ko’radigan o’simlik bo’lib, tokchadagi eng ko’p quyosh tushadigan joy unga tegishi kerak.
Bu ko’katni ikki kunda bir, oz-oz suv quyib sug’oring, undan ko’p emas.
Mayoran – ko’kati, sabzavotli, go’shtli va parranda go’shtidan pishirilgan taomlar bilan yaxshi kelishadi. U ovqatni yaxshi hazm qilishi sabab ham, u azaldan yog’li taomlarning ajralmas do’sti sanaladi.
Qayerdan sotib olish mumkin: bozorlardan ( Oloy, Chorsu, Qo’yliq va boshqa bozorlardan),uning ko’chatlarini donasini 4 000 so’mdan va undan ham arzonroq narxda sotib olish mumkin.
Ekish:
- Mayorannini ekish uchun, oddiy, uzunligi 10-15 sm li gultuvakdan foydalanamiz.
- Gultuvak tubiga keramzit solamiz, bu ortiqcha suvni tezroq oqishiga yordamlashadi.
- Pichoq yordamida teshiklar qilib, oreganoni qo’yib, ekib chiqamiz. Bunda uning ildizi oxirigacha, tuproq ichida bo’lsin.
- Gultuvak tepasigacha tuproqni solamiz, ustini tekislab, suv quyamiz.
To’g’ri parvarishlash: mayoran qorong’u joyni yaxshi ko’radi. Unga ozroq yorug’lik tushib tursa bas.
Mayoranni 2-3 kunda bir marta sug’orish tavsiya qilinadi.
Timyan (toshcho’p) – xushbo’y hidi va ta’mi bilan ajralib turadi. U parranda goi’shtidan tayyorlanilgan taomlar bilan yaxshi kelishadi.
Qayerdan sotib olish mumkin: bozorlardan ( Oloy, Chorsu, Qo’yliq va boshqa bozorlardan),uning ko’chatlarini donasini 4 000 so’mdan va undan ham arzonroq narxda sotib olish mumkin.
Ekish:
- Timyanni ekish uchun, oddiy, uzunligi 10-15 sm li gultuvakdan foydalanamiz.
- Gultuvak tubiga keramzit solamiz, bu ortiqcha suvni tezroq oqishiga yordamlashadi.
- Pichoq yordamida teshiklar qilib, oreganoni qo’yib, ekib chiqamiz. Bunda uning ildizi oxirigacha, tuproq ichida bo’lsin.
- Gultuvak tepasigacha tuproqni solamiz, ustini tekislab, suv quyamiz.
To’g’ri parvarishlash: timyan quyoshni juda ham yaxshi ko’radigan o’simlik bo’lib, tokchadagi eng ko’p quyosh tushadigan iliq joy unga tegishi kerak. Uni 2 kunda bir sug’orib turing.
Rozmarin – ko’katini hamma taomlarga, salat va pishiriqlarga ham solish mumkin.
Qayerdan sotib olish mumkin: bozorlardan ( Oloy, Chorsu, Qo’yliq va boshqa bozorlardan),uning ko’chatlarini donasini 5 000 so’mdan va undan ham arzonroq narxda sotib olish mumkin.
Ekish: Rozmarinni xohlagan ko’rinishdagi gultuvaklarga ekishingiz mumkin, bizlar buning uchun uzunligi 40 sm li, chuqurligi 12 sm li gultuvakdan foydalandik.
- Gultuvak tubiga keramzit solamiz, bu ortiqcha suvni tezroq oqishiga yordamlashadi.
- Tuproqni ko’chadan yoki tayyorini bozordan sotib oling.
- Tuvakka tuproqni solamiz.
- Pichoq yordamida katta teshiklar qilib, rozmarinni qo’yib, ekib chiqamiz.
- Gultuvak tepasigacha tuproqni solamiz, ustini tekislab, suv quyamiz.
To’g’ri parvarishlash: Rozmarin yorug’ va iliq joyni yaxshi ko’radi. Uni kun ora sug’orish tavsiya qilinadi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.