Olchadan tayyorlangan pishiriqlar
Agar olcha g’arq pishgan mavsumda hali olchali pishiriq pishirmagan bo’lsangiz, unda bu anglashilmovchilikni tuzatish payti keldi.
Biz esa sizga har doimgidek bunda yordam beramiz. Olchadan tayyorlangan eng mazali va o’zgacha pishiriqlar ro’yxatini taqdim etamiz.
Olchali sochma pirog
Uvalangan xamir asosidan tayyorlangan olchali pirog ko’p yillardan beri ko’pchilikning yurakidan joy egallagan pishiriqlardan biridir. Bu usuldagi pirog juda tez tayyorlanilib,umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Amerikancha olchali pirog
Ushbu olchali pirogimiz juda mazali bo’lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanishimiz mumkin.
Olcha va makli pirog
Olcha va mak solib pisiriladigan bu pirog ustidan smetanali aralashma solinadi, qarabsizki, juda ham mazali pishiriq ham tayyor.
Tvorog va olchadan tayyorlangan o’rama pirog
Bunday pirog oila a’zolaringizni bir yerga jamlab, kayfiyatlarini ham ko’tarishga qodirdir.
Olchali rogaliklar
Sizlarga ko’pchilik bolaligida sevib iste’mol qilgan olchali rogaliklar retseptini taqdim etamiz.
Qaynatma krem va olchali jele bilan pishirilgan tart
Og’izda erib ketuvchi xamir, mayin ta’mli krem va albatta nordongina olchali jele barchasi birgalikda ajoyib tart hosil bo’lishini ta’minlaydi.
Olcha va shokoladli pirog
Oddiy va tezpishar, ammo shu bilan birga ajoyib ko’rinishga ham ega pirogdan tayyorlashni istaysizmi? Unday bo’lsa olcha va shokoladli pirog qanday tayyorlaniladi bilib oling.