fbpx
  • Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Batafsil fotoretsept: tvorog va olchadan tayyorlangan o’rama pirog
Batafsil fotoretsept: tvorog va olchadan tayyorlangan o’rama pirog

Batafsil fotoretsept: tvorog va olchadan tayyorlangan o’rama pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Olcha va tvorog birlashmasi har doim ham pishiriqlarga o’zgacha ta’m bag’ishlab kelgan. Shu sababli bugun ham ular yordamida ajoyib o’rama pirog tayyorladik.

Bunday pirog oila a’zolaringizni bir yerga jamlab, kayfiyatlarini ham ko’tarishga qodirdir.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
50 gramm sariyog'
150 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
20 gramm shakar
300-350 gramm un
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun shakar upasi
Asosiga:
200 gramm quruq tvorog
1 dona tuxum
50 gramm shakar
2.5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush va shakarni solib, 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga unni elab solamiz. Tuz ham sepamiz. So'ng xamirturushli aaralashma va eritilgan sariyog'ni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni qo'lda qorib olamiz. Xamir elastik va qo'lga yopishmaydigan bo'lishi lozim.

Xamirni toza tog'orachaga olib, hamma joyiga o'simlik yog'idan surtamiz va ustini yopib, 1-1.5 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosiga kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tog'orachaga tvorog, tuxum, shakar va kraxmalni solamiz, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Olchani ham qo'shamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni uzunchoq to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.

Pergament qog'oz ustiga olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamir o'rtasiga asosni solib chiqamiz va ikki tomonini 45° darajadagi 1 sm li lentalar kesib chiqamiz (rasmga qarang).

So'ng pirog chetlarini bir-birining ustiga buklab chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirog ustidan tuxum surtib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

175-180 C darajada qizigan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Sovutib, so'ng ustidan shakar upasi sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
50 gramm sariyog'
150 millilitr sut
10 gramm quruq xamirturush
20 gramm shakar
300-350 gramm un
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
ustiga surtish uchun tuxum
ustiga sepish uchun shakar upasi
Asosiga:
200 gramm quruq tvorog
1 dona tuxum
50 gramm shakar
2.5 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha
oldingi
Maroqandcha pomidorli salat
keyingi
Kartoshkali asosli pishiriqlar

Fikringizni qo'shing

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.