fbpx
Videoretsept: qaynatma krem va olchali jele bilan pishirilgan tart

Videoretsept: qaynatma krem va olchali jele bilan pishirilgan tart

Masalliqlar:

  • Kremiga:

  • Olchali jelesiga:

Yo’nalishlar

Og’izda erib ketuvchi xamir, mayin ta’mli krem va albatta nordongina olchali jele barchasi birgalikda ajoyib tart hosil bo’lishini ta’minlaydi.

Agarda sovutgichingizdan tayyor xamir topilsa bormi, bunday bayramona ko’rinishli tartni tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 33 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 o'ram "Mali" qumoq xamiri
Kremiga:
300 millilitr sut
2 ta tuxum sarig'i
40 gramm makkajo'xori kraxmali
10 gramm vanil shakari
100 gramm shakar
50 gramm sariyog'
Olchali jelesiga:
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha
100 gramm shakar
5-8 gramm jelatin
60-80 millilitr muzdek suv
Qadam 1
Tugllandi

Xamirni xona haroratida yumshatib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamirni ikkita pergament qog'oz o'rtasida 3 mm qalinlikka kirgunicha yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xamirni qolipga to'shab, chetki xamirlarni balandroq qilib, "quloqchalar" hosil qilamiz. Qolipdan chiqib qolgan ortiqchalarini esa kesib, tekis holatga keltiramiz.

Xamirni qolipi bilan birga muzlatgichga 15 daqiqaga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng xamirni olib, sanchiq bilan bir nechta joyini teshib chiqamiz.

Qadam 5
Tugllandi

190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 20 daqiqa (tillarangga kirgunicha) pishirib olamiz.

So'ng xamirni sovutamiz.

Qadam 6
Tugllandi

250 millilitr sutni qozonchaga quyamiz. Shakar va vanil shakarini solib, gazga qo'yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Alohida idishga esa qolgan 50 millilitr sut, tuxum sarig'i va kraxmalni solib, venchikda aralashtirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Qizigan sutni bu kraxmalli aralashma ustidan yupqa qilib quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

So'ng esa hammasini qayta qozonchaga quyamiz va gazga qo'yamiz. Past olovda quyulgunga qadar qaynatamiz. Bunda muntazam aralashtirib turishni aslo unutmaymiz.

Qadam 10
Tugllandi

Tayyor kremni gazdan olib, ozroq sovutamiz, so'ng esa xona haroratidagi sariyog'ni solib, aralashtiramiz. Ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, sovutamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Olchali jeleni tayyorlaymiz

Jelatinni suvga ivitib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 12
Tugllandi

Olcha va shakarni qozonchaga solamiz, gazga qo'yib, shakar eriguniga qadar, taxminan 2 daqiqa davomida qizdiramiz.

Qadam 13
Tugllandi

Ivitilgan jelatinni ham alohida qozonchaga solib, silliq holatga kirgunicha gazga qo'yib qizdiramiz. Ammo qaynab ketishi mumkin emas.

Qadam 14
Tugllandi

Jelatin ustidan olchani suvi bilan solib, aralashtiramiz.

Qadam 15
Tugllandi

Tartni yig'amiz

Pishgan xamir ustidan kremni quyib, ustini tekislab chiqamiz.

Qadam 16
Tugllandi

Ustidan esa olchali aralashmani solib, tekislaymiz va 4-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: @mali_uzb

Facebookdagi rasmiy sahifasi: Mali_uzb

Reklama huquqi asosida

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram "Mali" qumoq xamiri
Kremiga:
300 millilitr sut
2 ta tuxum sarig'i
40 gramm makkajo'xori kraxmali
10 gramm vanil shakari
100 gramm shakar
50 gramm sariyog'
Olchali jelesiga:
300 gramm danagidan ajtarilgan olcha
100 gramm shakar
5-8 gramm jelatin
60-80 millilitr muzdek suv
oldingi
Baqlajon va brinzali iliq salat
keyingi
Shaftolili limonad

Fikringiz