Romantik kechki ovqat uchun 10 ta g’oya
Turmush tarzimizda har zamon bo’lsa ham, romantik muhit yaratib turish ham kerak, shunday emasmi? O’z turmush o’rtog’ingizni xursand qilishingiz uchun, romantik kechki ovqat uchun 10 xil taomnoma tavsiya qilamiz.
G’oya: stolga yorqin rangli dasturxondan to’shang, ustini yangi uzilgan gulllardan sepib bezating. Eng chiroyli idishlardan foydalaning. Shamlardan olib yoqing, ular qanchalik ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Ilk marta uchrashgan holatingizni eslab, ana shunday muhitga o’xshatishga harakat qiling.
Gazaklar
Dasturxonni bezaydigan ixchamroq salat va gazaklardan tayyorlang.
«Rafaello» salati
«Rafaello» deb nafaqat mazali konfetlar, balki ajoyib bir salatga ham aytiladi. Bunday salat dasturxonni juda bezaydi. Buning uchun sizga faqatgina uch xil masalliqlar kerak bo’ladi.
G’oya: kichkinaroq shakldagi koptokchalar yasab oling va chiroyli likopchaga tering. Ularni iste’mol qilish oson bo’lishi uchun esa, har biriga chiroyli «shpajka»lardan solib chiqing.
Italyancha salat
Oddiygina masalliqlardan tayyorlaniladigan, lekin juda mazali bu salat ham dasturxoningizni boyitishi aniq. Shuningdejk u juda yengilligi bois, oshqozonga og’irlik qilmaydi.
Pishloqli bulochkalar
Bu bulochkalar gujerlar deb ham ataladi. Bular sho’rvalarga qo’shimcha sifatida, yoki salatlar, qaymoqli pishloq bilan, yoxud o’zini hech qanday qo’shimchalarsiz dasturxonga tortilsa ham ular qanday tugaganini payqamay qolasiz.
G’oya: o’rtacha kattalikdagi bulochkalar tayyorlab, ichiga sariyog’ va ko’katlardan ham soling.
Issiq taomlar
Bir kunga bo’lsa ham yog’li, qovurilgan va og’ir taomlardan. Romantik kechki taom uchun yorqin rangli taomlardan tayyorlang: ularni kichikroq likopchalarga solib torting.
Tovuq go’shtidan «kapreze» taomi
Yumshoq va sersuv bo’lib pishadigan tovuq filesi ichiga motsarello pishlog’i, pomidor solinadi. Bunday ko’rinishli taom dasturxoningizga ham ko’rk bag’ishlaydi.
Fransuzcha go’shtli taom
Agar turmush o’rtog’ingiz go’shtli taomlarni xush ko’rsa, unda fransuzcha usulda tayyorlangan taom aynan siz uchun! Mol go’shti, qo’ziqorin, pomidor va pishloq ajoyib ta’mli uyg’unlikni tashkil etadi.
Koreyscha kim-pab rollari
Osiyo oshxonasiga mansub taomlarni xush ko’ruvchilar stol ustida kom-pab rollarini ko’rib, juda sevinishadi. ULarni tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin emas, ammo natijasi shunga arziydi.
G’oya: rollarni kvadrat, to’rtburchak yoki yurakchasimon likopchalardan biriga solib tortishingiz mumkin.
Desert
Romantik kechki ovqatga albatta desert chiroyli yakun yasaydi.
G’oya: dasturxonga to’g’ralgan mevalar: banan, olma, mandarinlardan torting. Aytgancha, shuningdek mevalarni eritilgan shokoladga botirib, quritib olsangiz, ajoyib shirinlikka ega bo’lasiz.
«Qizil baxmal» kapkeyklari
Desertga «qizil baxmal» kapkeyklarini pishirishni taklif qilamiz. Uning asosini qizil rangdagi xushbo’y va juda mazali biskvit tashkil qiladi.
Unga bunday rangni bo’yoqlar yordamida beramiz.
«Yurakcha» torti
Yurakchasimon ana shunday ajoyib tort turmush o’rtog’ingizga yana bir bor uning siz uchun qanchalik ahamiyatli va sevimli ekanligini anglatadi. Tortdagi yurakcha shaklini avval A4 formatdagi qog’ozda chiqarib olamiz. So’ng korjini pishirib, krem va mevalar bilan bezatamiz.
«Bashorat qiluvchi» pechenyelar
Sehrli xitoycha pechenyelar o’zida har xil bashorat va tilaklarni saqlashi bilan oqshomingizni yanada qizitib yuboradi. Ha-ha, bunda siz qalbingizdagi eng iliq tilaklaringizni yoki izhoringizni yozib, turmush o’rtog’ingizni hayratda qoldirishingiz mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!