• Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Videoretsept: suvda qaynatib pishirilgan xamirdan pishloqli bulochkalar (zavarniye bulochki)
Videoretsept: suvda qaynatib pishirilgan xamirdan pishloqli bulochkalar (zavarniye bulochki)

Videoretsept: suvda qaynatib pishirilgan xamirdan pishloqli bulochkalar (zavarniye bulochki)

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mashhur restoranlardan birining bosh oshpazi – Alyona Dyukkasdan qaynatma xamirdan tayyorlangan kichkina, pishloqli bulochkalari siridan sizlarni ham voqif qilamiz.

Ulardagi pishloqning sehrli ta’mi, tillarang ko’rinishi va mayin qarsildoqligi sizni ohangrabodek o’ziga tortishi aniq.

Bu bulochkalar gujerlar deb ham ataladi. Bular sho’rvalarga qo’shimcha sifatida, yoki salatlar, qaymoqli pishloq bilan, yoxud o’zini hech qanday qo’shimchalarsiz dasturxonga tortilsa ham ular qanday tugaganini payqamay qolasiz.

Masalliqlar:

100 ml suv
100 ml sut
150 gr sariyog'
115-150 gr un
4 dona tuxum
100 gr qattiq pishloq qirg'ichdan o'tkazilgani
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra qora murch
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i
Qadam 1
Tugllandi

Sirli idishga suv va sut quyiladi, sariyog' va ziravorlar solinib, qaynash darajasiga yetkaziladi.

Qadam 2
Tugllandi

Gaz plitasini ustidan olib, unning hammasi solinadi va silliq massa holatiga kirguncha yaxshilab aralashtitiladi.
Xamir o'ziziga suyuqdek tuyulsa, yana bir oz miqdorda un solsangiz ham bo'ladi.

Qadam 3
Tugllandi

Idish yana gaz plitasiga qo'yiladi va yaxlit bir shar holatiga kirgunicha aralashtirib qaynatiladi.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir aylana shaklga kirgan zahoti gaz plitadan olinadi va tuxumlar solinib to'xtovsiz aralashtiriladi ( mikserdan foydalansa ham bo'ladi).

Qadam 5
Tugllandi

Undan so'ng pishloq solinadi va yana yaxshilab aralashtiriladi.

Qadam 6
Tugllandi

Hosil bo'lgan xamir konditer qopchasiga solinadi va duxovka tovasidagi pergament qog'oz ustiga chiqariladi.
Xohishga ko'ra ustiga qairg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepsa ham bo'ladi.

Qadam 7
Tugllandi

Bulochkalar 200 darajada 10-15 daqiqa davomida pishirib olinadi.

  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 ml suv
100 ml sut
150 gr sariyog'
115-150 gr un
4 dona tuxum
100 gr qattiq pishloq qirg'ichdan o'tkazilgani
ta'bga ko'ra tuz
ta'bga ko'ra qora murch
ta'bga ko'ra maydalangan muskat yong'og'i
oldingi
Videoretsept: dolchin qo’shib pishirilgan bulochkalar
keyingi
Fokachcha (italyancha non)

Fikringiz