«Qizil baxmal» kapkeyklari

«Qizil baxmal» kapkeyklari

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Kapkeyklar deb kichkina tortchalarga aytiladi. Bugun sizlarga ana shunday shirinliklardan biri «qizil baxmal» kapkeyklarini pishirishni taklif qilamiz.

Uning asosini qizil rangdagi xushbo’y va juda mazali biskvit tashkil qiladi.
Unga bunday rangni bo’yoqlar yordamida beramiz. Biz bunda аmericolor nomli bo’yoqli geldan foydalandik. Siz oddiy bo’yoqlardan foydalanishingiz yoki umuman ularsiz ham pishirishingiz mumkin.

Shuni ta’kidlab o’tishimiz kerakki, kapkeyklar qaymoq-pishloqli krem bilan juda ham ajoyib uyg’unlashadi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
140 gramm un
2 osh qoshiq kakao kukuni
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
110 millilitr qatiq
1 choy qoshiq 9% li sirka
ta'bga qarab vanil ekstrakti
60 gramm sariyog'
170 gramm shakar
1 ta tuxum
1 osh qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i
Kremiga:
150 millilitr yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi
250 gramm qaymoqli pishloq
Qadam 1
Tugllandi

Idishga qatiq, ozuqaviy bo'yoq va vanil ekstraktini solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Boshqa bir idishda esa un, kakao va iste'mol sodasini solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Alohida idishda yumshagan sariyog'ni shakar bilan yaxshilab ko'pirtiramiz, oqarganidan so'ng esa tuxumni solib yana ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Uchala idishdagi aralashmalarni ham birlashtiramiz.

Silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz va sirkani ham solamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Yana bir bor aralashtiramiz va maffinlarga mo'ljallangan qolipchalarga (ichidan albatta qog'ozli qolipchalar qo'yish kerak) solib chiqamiz.

Xamirni qolipchalarga albatta 2/3 taqsimda solib chiqish kerak.

Qadam 6
Tugllandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Ularni uzoq vaqt tutib turish mumkin emas – ustidagi qalpoqchasi shishib chiqsa, cho'pchalar bilan tekshirib ko'ringda, pishgan bo'lsa gaz pechidan olavering.

Pishgan kekschalarni sovutib, qolipidan ajrating.

Qadam 7
Tugllandi

Muzdek qaymoqni olib, 1-2 daqiqa yaxshilab ko'pirtiramiz, shakar upasini ham solib yana ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Ehtiyotkorlik bilan qaymoq-tvorogli pishloqni solamiz, miksewrning eng past darajasida ko'pirtiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Pishiriq qopchasi yordamida kapkeyklarimizni bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • 40 daqiqa
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
140 gramm un
2 osh qoshiq kakao kukuni
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
110 millilitr qatiq
1 choy qoshiq 9% li sirka
ta'bga qarab vanil ekstrakti
60 gramm sariyog'
170 gramm shakar
1 ta tuxum
1 osh qoshiq oziq-ovqat bo'yog'i
Kremiga:
150 millilitr yog'li qaymoq
3 osh qoshiq shakar upasi
250 gramm qaymoqli pishloq
oldingi
Videoretsept: tovuq go’shtidan ajoyib taom
keyingi
Suzma va bodringdan salat

Fikringiz